
Rossiya prezidenti Vladimir Putin voris tanlash masalasi bo‘yicha doimo o‘ylashini, ammo yakuniy qaror rossiyalik fuqarolar qo‘lida ekanini aytdi. U bu haqda «Rossiya. Kreml. Putin. 25 yil» nomli hujjatli filmda ma’lum qildi.
«Men har doim voris haqida o‘ylayman. Bu masalada turli qarashlar mavjud — ma’muriy resurslardan foydalanish va oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan texnologiyalar ham bor. Biroq, yakuniy tanlov baribir xalqning, ya’ni rossiyalik saylovchilarning qo‘lida bo‘lishi shart», — dedi Putin.
Prezident o‘z so‘zida, u doimiy ravishda har bir nomzodning imkoniyatlari va salohiyatini kuzatib, tahlil qilib borayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, xalq ishonchini qozonmagan inson muhim vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi qiyin.
«Davlatning barqarorligi, taraqqiyoti va xavfsizligi uchun eng zarur omil — fuqarolarning o‘z rahbarlariga bo‘lgan ishonchidir. Bu ishonchga erishish uchun esa halol va samarali mehnat qilib, odamlarning turmush darajasini oshirish kerak», — dedi Putin.
Rossiya prezidenti bugungi kunda mamlakatda kambag‘allik darajasining tarixdagi eng past ko‘rsatkichiga erishilganini alohida qayd etdi.
«Albatta, insonlar doimo kelajakka umid bilan qaraydilar va vaziyat yaxshilanishiga ishonadi. Ular bu borada haqlidir. Agar xalq ishonsa, hokimiyatga bo‘lgan ishonch ham ta’minlanadi. Bu jamiyat birligining asosiy shartidir», — deb ta’kidladi u.
Putin, shuningdek, rossiyaliklarning tanlov qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun bir nechta nomzodning mavjudligi maqbulroq ekanini ta’kidladi. «Kelajakda mamlakatni kim boshqarishi haqida o‘ylaysizmi?» degan savolga javoban:
«Fuqarolarning ishonchini qozona oladigan bitta shaxs yoki odamlarga tanlash imkoniyatini beruvchi bir nechta nomzod paydo bo‘lishi kerak», — dedi prezident.
Vladimir Putin o‘z faoliyatida doimo xalqning qo‘llab-quvvatlashi va ishonchiga tayanib ishlayotgani uchun rossiyaliklarga minnatdorlik bildirdi.
Rossiya PrezidentiVladimir PutinVoris TanlashFuqarolar IshonchiKambag‘allik DarajasiDavlat BarqarorligiXalqning Tanlovi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar