date
views 21

Moskvada 14 yoshli qiz 15 santimetrlik oshqoshiqni yutib yubordi

Moskvada 14 yoshli qiz 15 santimetrlik oshqoshiqni yutib yubordi
Rossiya poytaxtida joylashgan L.M. Roshal nomidagi Bolalar klinik markazi shifokorlari g‘ayrioddiy holatga duch kelishdi. Ular 14 yoshli qizchaning oshqozonidan uzunligi 15 santimetrga teng bo‘lgan temir qoshiqni endoskopik usul bilan chiqarib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa qiz bola ovqatlanish vaqtida yuzaga kelgan. O‘smir qizchani gapiga ko‘ra, u olma yeyayotgan vaqtda bo‘lagi tomog‘ida qolib ketganini his qilgan va bu bo‘lakni qoshiq yordamida olib tashlashga urinish vaqtida tasodifan uni yutib yuborgan. Bu kutilmagan holat qizda jiddiy xavotir uyg‘otgan va zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Shifokorlar bemorga tezkor ravishda rentgen tekshiruvi o‘tkazishgan va predmetning aniq joylashuvini bilish uchun videoskopiyani qo‘llashgan. Tekshiruv natijalari ko‘rsatganidek, uzun qoshiq qizchaning oshqozoni ichida ko‘ndalang holatda qolib ketgan. Uning ingichka qismi oshqozonning ichki devoriga, keng qismi esa o‘n ikki barmoqli ichak tomonga tiqilib qolgan edi.

Jarrohlik amaliyotiga zarurat paydo bo‘ldi. Biroq, shifokorlar xavfli bo‘lgan ochiq operatsiya o‘tkazmaslikka qaror qilishgan. Bunga muqobil ravishda endoskopik usuldan foydalanildi. Endoskopiya jarayonida maxsus ilgak va qisqichlar yordamida qoshiqni ehtiyotkorlik bilan tortib, qizchaning halqumi orqali organizmidan chiqarib olishga erishildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan ushbu operatsiya juda yuqori professionallik bilan o‘tkazilgan bo‘lib, bemor qizchaning oshqozoni yoki ichaklari jarohat olmagani ma’lum qilindi. Shifokorlar operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlab, bemorga kasalxonadan ruxsat berishdi.

Tibbiyot mutaxassislari bu kabi holatlarning kamyob ekanligini ta’kidlab, har qanday holatda ham bemorlar yot predmet yutib qo‘ygan vaziyatda o‘zboshimchalik qilmasdan zudlik bilan tibbiy muassasaga murojaat qilish kerakligini uqtirmoqda. Bu turdagi tezkor va to‘g‘ri qarorlar salomatlikni saqlab qolishning asosiy kafolatidir.

Hozirda qizchaning ahvoli yaxshi va u to‘liq sog‘ayib uyiga jo‘natilgan. Uning oila a’zolari shifokorlarga o‘z minnatdorligini bildirishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada 14 yoshli qiz 15 santimetrlik oshqoshiqni yutib yubordi