
Rossiyada eri tashlab ketgan o‘zbekistonlik homilador ayol vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshlar doimiy yashash manziliga qaytarildi.
Ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik S.L. Yekaterinburg shahriga turmush o‘rtog‘i bilan vaqtincha ishlash maqsadida kelgan qizi M.O.ning tug‘ruqxona bilan bog‘liq muammolarini hal qilib berishni so‘rab murojaat qilgan.
Bosh konsulxona huzuridagi Ayollar kengashi raisi mazkur murojaatni har tomonlama o‘rganib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, M.O. Yekaterinburg shahrida turmush o‘rtog‘i, onasi va voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelgan. Turmush o‘rtog‘i oilaviy kelishmovchilik sabab ularni tashlab ketgan.
Mahalliy shifokorlar bilan olib borilgan maslahatlar natijasida bo‘lg‘usi onaning homilasiga va O‘zbekistonga qaytishi uchun tahdidlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Bosh konsulxona xodimlari va Sverdlovsk viloyatidagi faol vatandoshlar ko‘magida ularning doimiy yashash manziliga yetib olishi uchun Yekaterinburg—Toshkent yo‘nalishidagi samolyotga chipta xarid qilib berildi.
O‘zbekiston diplomatlari mazkur oilani 3 may kuni Yekaterinburg shahridagi Kolsovo xalqaro aeroportidan Toshkent shahriga kuzatib qo‘ydi.
Foto: “Dunyo” AA
RossiyaO‘zbekistonlik HomiladorYekaterinburg ShahriBosh KonsulxonaAyollar KengashiSamolyot Chipta O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar