
Ism inson shaxsiyatining ajralmas qismi ekanligi shubhasiz. Ammo ism faqat qo‘ng‘iroq qilish yoki hujjatda yozib qo‘yish uchungina emas, balki insonning tashqi qiyofasiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Isroillik olimlar ana shu g‘ayrioddiy gipotezani ilmiy asosda o‘rganib, hayratlanarli xulosaga kelishdi. Ularning tadqiqoti Nature jurnaliga asoslangan Science Focus nashrida e’lon qilindi.
Ism va yuz orasida qanday bog‘liqlik bor?
Tadqiqot markazida “yuzni moslashtirish effekti” deb nomlangan psixologik hodisa turadi. Bu fenomenga ko‘ra, insonlar boshqa insonning yuziga qarab uning ismini topishda tasodifiydan ko‘ra yaxshiroq natija ko‘rsatishadi. Tadqiqotchilar aynan shu jahatni to‘liqroq o‘rganish uchun ko‘p bosqichli tajribalar tashkil qilishdi.
Kattalarning yuzidan ismni taxmin qilish mumkinmi?
Bir tajribada ishtirokchilarga turli odamlarning fotosuratlari ko‘rsatildi va ulardan ismni tanlash so‘raldi. Qizig‘i shundaki, katta yoshdagi insonlarning ismlari aniqroq taxmin qilindi, bolalarga kelganda esa natijalar deyarli tasodifiy chiqdi. Bu esa yosh ortgan sari inson yuzida ism bilan bog‘liq ayrim xususiyatlar namoyon bo‘la boshlashini ko‘rsatdi.
Texnologiya ham tasdiqlamoqda
Ilmiy guruh faqat inson fikriga emas, sun’iy intellektga ham tayanib, mashinani o‘rganish algoritmlari yordamida yuz va ismlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Ularning xulosasiga ko‘ra, bir xil ismli kattalarda umumiylik – yuzdagi ifoda, yuz shakli, hatto holat va mimika jihatidan o‘xshashliklar bor.
Nega bu sodir bo‘ladi?
Olimlar bu hodisaning ijtimoiy sabablariga e’tibor qaratishdi. Jamiyatdagi ismlarga bo‘lgan stereotiplar – masalan, ma’lum bir ismga tegishli inson jiddiy, hazilomuz, sirli yoki ochiqcha bo‘lishi mumkin degan qarashlar – o‘sha insonning tashqi qiyofasi, kiyinish uslubi, hatto yurish-turishiga ta’sir qilar ekan. Inson esa asta-sekin shu «maskan»ga moslashib boradi.
Tadqiqot shundan dalolat beradiki, ism faqat nom emas – u inson shaxsiyati va tashqi qiyofasiga ta’sir etuvchi kuchli psixo-ijtimoiy omil bo‘lishi mumkin. Bu yangilik kelgusida psixologiya, marketing, hatto sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan yangi tushuncha va imkoniyatlarga eshik ochishi mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz – ismingiz sizga qanday ta’sir qilgan? Balki atrofingizdagi “aziza”, “asad”, “sardor” va “malika”larning o‘xshashliklarini bir ko‘zdan kechirib ko‘rasiz?
Foto: Gazeta.ru
Ism Va YuzPsixologik HodisaOdamlarning FotosuratlariSun’iy IntellektKattalarning YuzidanIsmga Ta’sir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar