date
views 94

Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan 8 ming mahkumni qamoqdan ozod etadi

Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan 8 ming mahkumni qamoqdan ozod etadi
Belarusda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan tarixiy ahamiyatga ega qaror qabul qilindi. Prezident Aleksandr Lukashenko bugungi kunda mamlakat qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan minglab shaxslarni qamrab oladigan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Belarus prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, amnistiya qariyb 8 ming mahkumga taalluqli bo‘ladi. Ushbu tarixiy qadam nafaqat jabr ko‘rganlar uchun, balki butun jamiyat uchun insonparvarlik va kechirimlilik ramzi sifatida baholanmoqda.

Amnistiya asosan ijtimoiy xavfi past bo‘lgan yoki o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan mahkumlarga taalluqli bo‘lib, ularning jazolari yengillashtiriladi yoki umuman bekor qilinadi. Qonunga ko‘ra, bu chora faqatgina yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan hamda jazo muddati davomida ijobiy tavsiyalarga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Yangi qonunga ko‘ra, 70 yoshga to‘lgan, olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan va avval sudlanmagan fuqarolarning jazosi “ozodlikni cheklash” shakliga almashtiriladi. Shuningdek, ehtiyotsizlik bilan inson o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlarda jazo qisman – bir yilgacha qisqartirilishi mumkin.

Belarus rahbarining tashabbusi shu bilan cheklanmadi. Aleksandr Lukashenko shuningdek, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan 42 nafar mahkumni afv etdi. Afv qilinganlar orasida surunkali kasallikka duchorlar, nogironlar va voyaga yetmagan farzandlarga ega shaxslar bor.

Mazkur qadam, prezident administratsiyasi ta’rificha, “jamiyatda insoniylik, kechirimlilik va sotsial adolatni ta’minlash sari tashlangan muhim qadamdir”.

Belarusdagi bu amnistiya nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham ijobiy baholanishi kutilmoqda. Bu kabi insonparvar tashabbuslar jazo tizimini isloh qilish, mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirish va profilaktik choralarni kuchaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko G‘alaba kuni munosabati bilan 8 ming mahkumni qamoqdan ozod etadi