date
views 307

Hindiston-Pokiston orasida havodan zarbalar almashildi: Jammu aeroporti hujumga uchradi

Hindiston-Pokiston orasida havodan zarbalar almashildi: Jammu aeroporti hujumga uchradi
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi geosiyosiy keskinlik yana xavfli bosqichga kirdi. 8 may kuni kechqurun Hindistonning Jammu shahridagi aeroport atrofida portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda xalqaro axborot agentliklari, jumladan, AFP va Reuters.

Hind harbiylarining bayonotiga ko‘ra, Pokiston tomoni shaharga dronlar va raketa zarbalarini amalga oshirgan. Hujumlar natijasida Jammu shahrida elektr ta’minoti to‘liq o‘chirilgan.

Beshta harbiy nuqta nishonga olindi

Hindistondagi xavfsizlik kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, shahar hududida joylashgan beshta strategik harbiy obyekt hujumga uchragan. Ismini oshkor etmagan hind harbiysi jurnalistlarga ma’lum qilishicha, havo mudofaa tizimi sakkizta raketani muvaffaqiyatli tarzda tutib qolgan. Biroq Pokiston qancha raketa uchirgani hozircha aniq emas.

Eskalatsiyadan avval — “Sindur” amaliyoti

Hodisadan bir kun avval, ya’ni 7 mayga o‘tar kechasi, Hindiston Qurolli Kuchlari “Sindur” deb nomlangan operatsiyani boshlagan edi. Unda Pokiston hududida joylashgan “terroristik infratuzilma” hisoblangan obyektlarga raketa zarbalari berilgan. Pokiston bu harakatga javoban hujum amalga oshirganini rasman tasdiqladi.

Yo‘qotishlar rasmiy tasdiqda

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, havodan qilingan ushbu o‘zaro hujumlar natijasida Pokistonda 32 nafar, Hindistonda esa 16 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar soni va moddiy zarar miqdori hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.

Pokiston ham o‘z havo himoya tizimini ishga tushirdi

Avvalroq Pokiston tomoni Hindiston tomonidan jo‘natilgan 29 ta dronni Karachi, Lohur va Ravalpindi kabi yirik shaharlar ustidan urib tushirganini ma’lum qilgan. Xususan, Ravalpindi — mamlakat armiyasining shtab-kvartirasi joylashgan garnizon shahar sifatida alohida ahamiyatga ega.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik yadroviy qurolga ega ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelgani uchun jahon hamjamiyati diqqatini jiddiy tortayotgan masalaga aylangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston-Pokiston orasida havodan zarbalar almashildi: Jammu aeroporti hujumga uchradi