
Pokiston harbiylari Hindistonga qarshi «Banyan-ul-Marsus» («Mustahkam devor») nomli keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Pokistonning Geo TV telekanali mamlakat xavfsizlik idoralaridagi manbalariga asoslanib xabar tarqatdi. Keyinroq Pokiston hukumatining rasmiy X akkauntida ham ushbu operatsiya boshlangani tasdiqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, amaliyot doirasida Pokiston armiyasi Hindiston hududidagi bir nechta strategik obyektlarga zarbalar berishni rejalashtirgan. Geo TV nashrining manbalariga ko‘ra, Pokiston armiyasi Hindiston-Rossiya tomonidan birgalikda ishlab chiqariladigan tovushdan tez uchadigan BrahMos raketalari saqlanadigan omborni yo‘q qilganini bildirmoqda.
Shuningdek, xabarda qayd etilishicha, operatsiya davomida Pokiston tomoni Hindistonning Udhampur va Pathankot harbiy havo bazalariga, armiya brigadasi qarorgohlariga va muhim harbiy omborga ham zarba bergan.
Pokiston tomonidan bunday keng ko‘lamli harbiy amaliyot bir necha soat oldin mamlakat armiyasining Hindistondan raketa zarbalariga uchragan havo bazalari hujumiga javoban amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Pokiston poytaxti Islomoboddan 10 kilometr uzoqlikdagi Ravalpindi shahridagi Nur Xon havo bazasi ham hujumga uchragani ma’lum qilingan edi. Shu hujum sababli mamlakat havo hududi mahalliy vaqt bilan 10 may tush vaqtigacha butunlay yopildi.
Hindistonning Times of India kabi asosiy ommaviy axborot vositalari va rasmiy idoralari esa hozircha Pokiston tomonining ushbu da’volarini tasdiqlamadi va voqeaga rasmiy izoh bermadi.
Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi mazkur keskin vaziyat xalqaro hamjamiyatda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Hozirda mintaqadagi vaziyatni butun dunyo ommaviy axborot vositalari diqqat bilan kuzatib bormoqda.
PokistonHindistonMustahkam DevorHarbiy OperatsiyaGeo TVRaqobatli Vaziyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar