
AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni olib tashlash niyatida ekanligini ma’lum qildi. U bu haqda Saudiya Arabistonida o‘tayotgan xalqaro investitsiya forumidagi nutqida ta’kidlab o‘tdi.
«Suriya yana bir bor tiklanish va buyuklik sari qadam tashlashi uchun ularga qarshi qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildim», — dedi AQSH yetakchisi o‘z nutqida.
Prezident Trampning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu muhim qarorni qabul qilishdan oldin Suriyadagi hozirgi vaziyat bo‘yicha Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan maslahatlashgan va ularning fikrini inobatga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Bashar Asad rejimi 2024 yilning dekabr oyida qulagan edi. Suriyaning sobiq rahbari Rossiya hududiga qochib ketgan va Moskva unga siyosiy boshpana bergan. Asaddan keyin mamlakatning o‘tish davri prezidenti sifatida Ahmad ash-Shar’a tayinlangandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Trampning Yaqin Sharqqa tashrifi uning AQSH prezidentligiga ikkinchi marta qaytganidan keyin amalga oshirgan birinchi yirik rasmiy xorijiy safari bo‘lib, u ushbu tashrif davomida Suriyaning yangi rahbari Ahmad ash-Shar’a bilan ham shaxsan uchrashishni rejalashtirgan.
Axios nashrining xabar berishicha, Tramp ushbu qadamlar bilan Yaqin Sharqda barqarorlik va iqtisodiy tiklanish jarayonlariga yangi turtki berishni maqsad qilgan. Sanksiyalarning bekor qilinishi Suriyada tinchlik va barqarorlikni tiklash, shuningdek, mamlakat iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Xalqaro tahlilchilarning fikricha, AQSH tomonidan qabul qilinayotgan ushbu qaror Suriya va butun Yaqin Sharq mintaqasi uchun muhim tarixiy voqea bo‘lib, mintaqa mamlakatlari orasidagi munosabatlarni yaxshilashga hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga yordam berishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar