
Janubiy Karolinada 52 yoshli Erik Sleyt kenguru bilan yuzma-yuz to‘qnashganidan so‘ng halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar bergan.
Hodisa bolalar uchun mo‘ljallangan hayvonot bog‘ida ro‘y bergan. Mahalliy tergovchilarning maʼlum qilishicha, voqea vaqtida Erik Sleyt kenguru hududiga kirib, hayvon bilan jismoniy mojaroga kirishgan. Rasmiylarga ko‘ra, erkakni turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketishgan, ammo u hayoti uchun kurash olib bora olmagan va juma kuni kechasi vafot etgan.
Tergov ishlarini olib borayotgan Tamara Uillard marhumning tanasida kuch ishlatish natijasida yetkazilgan ko‘plab jarohatlar aniqlanganini maʼlum qilgan. Ayni paytda bog‘da maxsus tekshiruvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Erik Sleyt — hayvonot bog‘ining egasi Robert Sleytning akasi bo‘lib, u kenguru va vallabilar saqlanadigan volerga tez-tez kirib turgan va “Jek” laqabli kenguru bilan hazillashib turishi bilan tanilgan.
12 may kuni Robert Sleyt o‘zining Facebook sahifasida akasi aks etgan suratlarni eʼlon qilib, “Sen doim xotiramizdasan, ovozingni unutmaymiz. Jek do‘sting bilan hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb yozib qoldirgan.
Hayvonot bog‘i xodimlari kenguru hozircha o‘z joyidan chiqmaganini va maxsus nazorat ostida saqlanayotganini maʼlum qilishgan. Ammo fojia hayvonlar va insonlar o‘rtasidagi chegaralar va ehtiyot choralariga yana bir bor eʼtibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bu holat befarq qoldiradimi? Siz nima deb o‘ylaysiz?
Janubiy KarolinaErik SleytKenguru BilanHayvonot Bog‘iFojia SodirTergov Ishlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar