
Tojikistonning Dang‘ara tumanida yashovchi 80 nafar fuqaroning Haj ziyoratiga borish niyati bor edi. Ammo ularning yarmi — 40 nafar kishi bu safardan ixtiyoriy ravishda voz kechib, ajratilgan mablag‘ni o‘z tumanini obodonlashtirishga yo‘naltirishga qaror qildi. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon viloyat, shahar va tuman rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Dang‘ara aholisi va tadbirkorlari tomonidan tuman infratuzilmasini yaxshilash va turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun jami 2 milliard 300 million somoniy (223 million dollar) yo‘naltirilgan.
Shu mablag‘ning 628 million somoniy qismi ta’lim muassasalari va ijtimoiy obyektlar qurilishiga sarflangan. Jumladan, Pushing va Korez qishloqlarida aholi va mahalliy tadbirkorlar tomonidan 4800 o‘rinli 5 ta maktab, bolalar bog‘chasi, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda 7 ta ishlab chiqarish korxonasi barpo etilgan.
Prezident Rahmon bu mablag‘lar aholi va tadbirkorlarning o‘z hissasi hisobidan to‘planganini ta’kidlar ekan, boshqa hududlar rahbarlariga Dang‘ara tajribasini chuqur o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
— Mamlakatimizdagi barcha saxovatpesha tadbirkorlar va aholiga hukumat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotganlari uchun minnatdorchilik bildiraman, — dedi davlat rahbari.
Zamin.uz tahririyatidan:
Dang‘araliklar tomonidan namoyon qilingan bu tashabbus jamoat manfaati yo‘lida shaxsiy niyatlardan voz kechish mumkinligini ko‘rsatadigan ibratli misoldir. Hajdan voz kechib, kelajak avlod uchun maktab va bog‘cha qurish — xalqparvarlik va mas’uliyat hissining yorqin ifodasidir. Siz bu qaror haqida nima deb o‘ylaysiz?
TojikistonDang‘ara tumaniHaj ziyoratiIjtimoiy loyihalarTadbirkorlarTa’lim muassasalariObodonlashtirishMoliyaPrezident Rahmon O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar