07:35 / 25.11.2016
6 431

Isroil razvedka vaziri yong‘inlar oqimi qasddan uyushtirilganligini ta’kidladi

Isroil razvedka vaziri yong‘inlar oqimi qasddan uyushtirilganligini ta’kidladi

Isroil razvedka vaziri Israel Kas uch kundan beri mamlakatning turli hududlarida davom etayotgan yong‘inlarning sababini ularning qasddan uyushtirganligi bilan izohladi, deyiladi Kun nashrida.

Payshanba kunining eng "qaynoq nuqtasi" yirik shimoliy shahar - Xayfa bo‘ldi. U erdan minglab aholi evakuasiya qilinmoqda.

"Mamlakatni yong‘inlar to‘lqini qamrab oldi, ularning sababi esa - qasddan o‘t qo‘yishda", - dedi razvedka sohasi bilan birga transport vaziri lavozimini yurituvchi Kas. Siyosatchining bayonoti uning matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy huquq-tartibot organlari yong‘inlarni tashkillashtirish millatchilik masalasiga borib taqalishini taxmin qilmoqda. "Men qonunchilikda o‘zgartirish kiritish tashabbusi bilan chiqmoqchiman, yangi qonun loyihasi aybdorning uyi va mol-mulkini musodara qilishga imkon bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ham tiyilishning bir omili", - dedi u.

Adliya vaziri Ayelet Shaked ijtimoiy tarmoqlarda qasddan yong‘in uyushtirish uchun 15-20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinish mumkinligini eslatib o‘tdi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Xayfadan tashqari, Quddus atrofidagi hududlar, Tel-Aviv va Quddus o‘rtasida joylashgan Modiin shahri hamda Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘idagi aholi punktlarida yong‘in bilan kurash olib borilmoqda.

Isroil jahon hamjamiyatiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Olti mamlakat o‘zining o‘t o‘chiruvchi samolyotlarini Isroilga jo‘natgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil razvedka vaziri yong‘inlar oqimi qasddan uyushtirilganligini ta’kidladi