
Gollivud yulduzi, bodibilding afsonasi va sobiq Kaliforniya gubernatori Arnold Shvarseneggerning o‘g‘li Kristofer Shvarsenegger hayratlanarli tana o‘zgarishi bilan omma diqqatini torta boshladi. People jurnali yozishicha, u birgina mahsulot — nondan voz kechib, 14 kilogramm vazn yo‘qotgan.
Pasxa ro‘zasi unga katta motivatsiya berdi
27 yoshli Kristofer Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan Beacher Vitality Happy & Healthy tadbirida ishtirok etdi va o‘zining ozish jarayoni haqida to‘liq so‘zlab berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pasxa bayrami oldidan ro‘za tutish davrida 40 kun davomida non iste’mol qilmaslikka qaror qilgan va bu orqali jiddiy natijaga erishgan.

— Bu jarayonni besh yildan beri boshdan kechiryapman. Bir kechada sodir bo‘lmadi. O‘zgarishga olib kelgan har bir odat bosqichma-bosqich shakllangan, — deydi u.
Maktub davridan beri vazn muammosi bor edi
Kristofer o‘z nutqida maktab yoshidanoq ortiqcha vazn bilan kurashib kelayotganini, turli xil parhez va ozish usullarini sinab ko‘rganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayonda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo vaqt o‘tishi bilan organizmiga to‘g‘ri mos keladigan usulni topgan.
— Hozir ham ko‘pchilik “katta o‘zgarding” deydi, lekin men hali ham o‘zimni ozg‘in his qilmayman. Lekin bu ishni uddalaganimdan faxrlanaman, — dedi u samimiy suhbatda.
Zamin.uz tahririyatidan:
Kristofer Shvarseneggerning misoli ozish uchun murakkab parhezlar yoki og‘ir mashqlardan ko‘ra, asta-sekinlik bilan odatlarni o‘zgartirish, sabr va intizomning eng kuchli qurol ekanini yana bir bor isbotladi. Siz ham kundalik taomnomangizdagi bitta odatdan voz kechish orqali o‘zgarish boshlashga tayyormisiz?
Kristofer ShvarseneggerBodibilding AfsonasiGollivud YulduziPasxa Ro‘zasiOzish JarayoniMaktab YoshidaVazn MuammosiO‘zgartirish OdatlariSabr Va Intizom O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar