Vatikanda tarixiy kun: Yangi Papa lavozimiga kirishdi!

Dunyo1 daqiqa o'qish372
Vatikanda tarixiy kun: Yangi Papa lavozimiga kirishdi!
Vatikan davlatida yangi Rim papasi Lev XIV ning rasmiy lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Katta tantanalar bilan o‘tkazilgan ushbu marosimni kuzatish uchun Avliyo Pyotr maydoniga qariyb 150 ming nafar odam yig‘ildi.

Marosim boshlanishida yangi pontifik maxsus «papamobil» avtomobilida maydon atrofini aylanib, yig‘ilgan minglab odamlar bilan ko‘rishdi. Shundan so‘ng, Lev XIV Avliyo Pyotr bazilikasida ibodat (messa) bajarib, o‘z vazifasini ruhiy tarzda boshladi. Shuningdek, yangi Papaga papalik hokimiyati ramzlari – “baliqchi uzugi” hamda ustidan xoch tasviri tushirilgan, qo‘y junidan tayyorlangan palliy lentasi taqdim etildi.

Inauguratsiya marosimida nutq so‘zlagan Lev XIV butun dunyo ahlini tinchlik va birdamlikka chaqirdi. U bugungi kunda “tabiiy resurslarni iste’mol qilib, eng kambag‘al qatlamlarni chetga surib qo‘yadigan” iqtisodiy tizimni keskin tanqid qildi.

Vatikandagi ushbu tarixiy voqeaga dunyoning turli mamlakatlari va turfa diniy konfessiyalarning 150 dan ortiq delegatsiyalari keldi. Marosimda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens, AQSH davlat kotibi Marko Rubio, Italiya bosh vaziri Jorja Meloni, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Ispaniya qiroli Filipp VI, Belgiya qiroli Filipp hamda boshqa yuqori darajadagi mehmonlar ishtirok etdi.

Marosimdan keyin Rim papasi Lev XIV Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan maxsus uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ertaga tongda esa AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan uchrashuv belgilangan. Aytish lozimki, Zelenskiy va Vens bu marosim doirasida bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishgan. Bu ularning fevral oyi oxirida Oq uyda yuz bergan bahsli voqeadan keyingi birinchi shaxsiy uchrashuvidir.

Ma’lumot uchun, yangi Papa – amerikalik kardinal Robert Prevo 8 may kuni katolik cherkovining rahbari etib saylangan va o‘ziga Lev XIV deb yangi ism tanlagan edi. Uning oldingi papa Fransisk esa 21 aprel kuni 88 yoshida hayotdan ko‘z yumgan.

Zamin.uz tahririyati mazkur tarixiy voqeaning yangiliklarini e’tibor bilan kuzatib, so‘nggi xabarlarni o‘z o‘quvchilariga taqdim etib boradi. Sizningcha, yangi Papaning jahon siyosatidagi roli qanday bo‘ladi?

Foto: David Ramos / Getty Images

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?