
Chexiyaning Krkonoshe tog‘lari atrofida sayr qilayotgan turistlar tush ko‘rgandek voqeaga duch kelishdi. Ular o‘rmon ichidagi toshlar orasida maxfiy joyga yashirilgan alyuminiy qutini topib olishdi va uni ochishlari bilan tilla va qimmatbaho buyumlarga duch kelishdi.
CNN'ning yozishicha, qutidan jami 598 ta tanga, 10 ta tilla bilaguzuk, 17 ta portsigar, shuningdek, upadon, taroq va boshqa shaxsiy buyumlar chiqqan. Qutilarning ichidagi umumiy og‘irlik 3,7 kilogrammga yetgan. Aniqlangan tangalarning umumiy qiymati taxminan 360 ming dollarga baholanmoqda.
Sayyohlar darhol topilmani Chexiyaning Sharqiy muzeyiga topshirishdi. Arxeologlar ushbu noodatiy xazinani o‘rganish uchun maxsus tadqiqot ishlarini boshlab yuborishdi. Taxminlarga ko‘ra, buyumlar Ikkinchi jahon urushi oldidan qandaydir sabab bilan yashirilgan bo‘lishi mumkin. Tangalari orasida 1921 yil sanasi qayd etilgan nusxa ham bor.
Qutida mahalliy valyuta topilmagan, faqat Balqan va Fransiyada chiqarilgan tangalar borligi qayd etilmoqda. Shu bois, ushbu xazinaning kelib chiqishi va o‘sha davrdagi geosiyosiy voqealar bilan bog‘liqligi ehtimoldan holi emas.

Ayni paytda, qo‘lga tushgan buyumlarning kimga tegishli bo‘lgani yoki nima uchun yashirilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Muzey mutaxassislari portsigarlardan ikkitasi qattiq yopilganini va ularning ichida yana qimmatbaho ashyo bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Arxeologlar va metallshunoslar xazina tarkibini to‘liq tahlil qilib, uning haqiqiy qiymatini aniqlash bo‘yicha ish boshlab yuborishgan. Chexiya muzey xodimlari ushbu topilmani so‘nggi yillarda topilgan eng noodatiy va tarixiy ahamiyatga ega xazinalardan biri, deb baholamoqda.
Zamin.uz tahririyati mazkur voqea yuzasidan so‘nggi yangiliklarni kuzatishda davom etadi. Siz bunday topilmalar haqida qanday fikrdasiz? Ular ortida qanday tarix yotishi mumkin? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar