date
views 2 413

Gruziyada Rossiya bayrog‘iga tahqir – Zaxarovadan javob

Gruziyada Rossiya bayrog‘iga tahqir – Zaxarovadan javob
Gruziyada o‘tkazilgan musiqa festivalida sodir bo‘lgan voqea Rossiya tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, gruziyalik xonanda Erekle Getsadze sahnada chiqish paytida Rossiya bayrog‘ini axlat qutisiga tashlab, keyin unga siyganga taqlid qilgan.

Ushbu holatga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova munosabat bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday harakatlarga huquqiy baho berish Rossiyaning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari vakolatiga kiradi.

Zaxarova o‘zining Telegram kanalida:
"Bayroq — u bilan qanday axmoq nima qilmasin, u baribir bayroq bo‘lib qolaveradi", — deb yozdi.

Shuningdek, u tarixiy voqealarni eslab o‘tdi: aynan gruziyalik Meliton Kantariya va serjant Mixail Yegorov 1945 yilda Berlindegi Reyxstag binosi tomiga G‘alaba bayrog‘ini o‘rnatgan edilar. Zaxarova bu orqali gruzin xalqining tarixi va Rossiya bilan bog‘liq ahamiyatli sahifalarni esga soldi.

RT telekanali ma’lum qilishicha, ushbu voqea Tbilisida bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida sodir etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyada Rossiya bayrog‘iga tahqir – Zaxarovadan javob