date
views 115

Malta ham Falastin mustaqilligini tan oladi

Malta ham Falastin mustaqilligini tan oladi
Malta yaqin orada Falastin davlatining mustaqilligini rasman tan olishini e’lon qilishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Robert Abela ma’lum qildi, deb yozmoqda Times of Malta nashri.
Ta’kidlash joizki, Maltada allaqachon Falastin elchixonasi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, Malta 2024-yilgi BMT Bosh assambleyasida Falastin davlatining tashkilotga to‘liq a’zolik maqomini qo‘llab-quvvatlagan. Shunga qaramay, hozirga qadar ushbu davlatni rasman tan olish haqida bayonot berilmagan edi.

Bosh vazir Abela bu boradagi rasmiy e’lon 20-iyun kuni BMT ko‘magida, Saudiya Arabistoni hamda Fransiya tashabbusi bilan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada e’lon qilinishini bildirdi. Malta tomoni, konferensiyada Falastinni tan oladigan yagona davlat bo‘lishmasligini ham ta’kidladi.

Shu bilan birga, Axios nashrining yozishicha, Fransiya ham shu yil iyun oyida Falastin mustaqilligini tan olishni rejalashtirmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2025-yil aprelida bergan intervyusida yaqin oylar ichida bu borada bayonot berishni mo‘ljallayotganini aytgan edi.

Mazkur ehtimoliy qarorlar turlicha munosabatlarga sabab bo‘lmoqda. “HAMAS” harakati Fransiyaning bu qarorini “muhim siyosiy qadam” deya baholagan bo‘lsa, Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar esa Falastin davlatining tan olinishini “soxta davlatni tan olish” va “terrorizmga mukofot” deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Malta ham Falastin mustaqilligini tan oladi