
Mashhur tadbirkor Ilon Mask AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ma’muriyati davrida hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) bilan ishlashda bir qator murakkabliklarga duch kelganini ma’lum qildi. Bu haqda u CBS News telekanaliga bergan intervyusida so‘z yuritdi.
"Bu mavzuda intervyuda gapirish men uchun biroz qiyin, chunki aytgan gaplarim ko‘pincha bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. O‘zimni go‘yo devorga suyanib turgan odamdek his qilganman: ma’muriyatni tanqid qilishni istamayman, ammo ularning har bir qarori uchun javobgar bo‘lishga ham tayyor emasman. Bu esa juda noqulay holat", — deya fikr bildirdi Mask.
Uning aytishicha, Tramp jamoasining umumiy siyosatini qo‘llab-quvvatlasa-da, ayrim masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Xususan, u prezident ilgari surgan hukumat xarajatlarini qisqartirishga oid qonun loyihasini misol sifatida tilga oldi. Tramp ushbu hujjatni “katta va chiroyli qonun” deb ta’riflagan.
“Menimcha, qonun loyihasi katta bo‘lishi mumkin, chiroyli ham bo‘lishi mumkin, lekin ayni paytda ikkalasini birgalikda mujassam etishi qiyin. Bu — shaxsiy fikrim”, — dedi Mask.
Hafta boshida u X ijtimoiy tarmog‘ida maxsus davlat maslahatchisi sifatidagi vazifasi yakunlanayotganini e’lon qilgan, biroq DOGE rolining kelajakda yanada kuchayishiga ishonch bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar