
Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli tahliliy markazi — Rand Corporation 29 may kuni o‘zining navbatdagi tahlil hisobotini e’lon qildi. Unda AQSH harbiy-havo kuchlari buyurtmasi asosida ishlab chiqilgan va NATO hamda Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy to‘qnashuv ssenariylari tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy xulosasi — bunday mojarodagi hal qiluvchi omil bu safar havodagi ustunlik bo‘lishi mumkin.
Rand mutaxassislari ta’kidlaganidek, Shimoliy Atlantika alyansining potensial havo ustunligi frontdagi pozitsiyali, “turg‘un” urushga yo‘l qo‘ymasdan, tezkor va yuqori dinamikaga ega operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu esa, ularning fikriga ko‘ra, Rossiya–Ukraina urushidagi hozirgi ssenariydan mutlaqo farqli bo‘ladi.
NATO Ukrainadan qanday saboq oldi?
Xisobotda so‘nggi uch yil mobaynida Ukrainadagi voqealardan NATO va AQSH qanday xulosalar chiqargani tahlil qilingan. Jumladan, kichik dronlar va radioelektron kurash qurollarining samaradorligi Rossiya–Ukraina frontida hal qiluvchi rol o‘ynayotgani ta’kidlanadi. Ammo bu sohalarda NATO mamlakatlari, xususan, AQSH ma’lum bir texnologiyaviy ortda qolish holatiga duch kelganini tan olishadi.
Shu bilan birga, ekspertlar alyans mamlakatlarining mudofaa sanoatidagi zaif nuqtalarini ham tilga olishadi. Ularning fikricha, NATO davlatlari zarur miqdorda snaryad va o‘q-dorilar ishlab chiqarishda Rossiyadan ancha orqada qolmoqda. Bu muammo yaqin yillarda hal etilmasa, katta masshtabdagi to‘qnashuvda jiddiy to‘siqlarga olib kelishi mumkin.
Shunga qaramasdan, NATO ustunlikni saqlab qoladi
Rand hisoboti mualliflari qayd etishicha, yuqorida tilga olingan muammolarga qaramasdan, NATO harbiy qudrat, texnik ustunlik va qo‘shma operatsiyalarni muvofiqlashtirish qobiliyati jihatidan Rossiyadan ustun bo‘lib qolaveradi. Ayniqsa, havo kuchlari sohasida NATOning texnologik salohiyati va shiddatli harakat qilish imkoniyatlari katta ustunlik yaratadi.
Ushbu tahlilni mutaxassislar ehtimoliy jahon geosiyosiy muvozanatini tushunishda muhim hujjat sifatida baholashmoqda. Rand'ning bu xulosalari nafaqat AQSH va NATOning strategiyasini shakllantirishda, balki Yevropa xavfsizlik muhitini baholashda ham alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar