
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatlashishdi, deb ma’lum qilmoqda Kun nashri.
"Telefon suhbati davomida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha fikrlar almashish davom ettirildi", deyilgan xabarda.
Suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
25 noyabrda ham Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgandi. O‘sha suhbatda ham asosiy mavzu Suriya ixtilofini hal qilish masalasi bo‘lgan.
Bu suhbat turk tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar