
Yaponiyalik biotibbiyot olimlari zamonaviy tibbiyot uchun katta burilish bo‘lishi mumkin bo‘lgan yutuqqa erishishdi — ular barcha qon guruhlari uchun mos keluvchi sun’iy qon turini yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu innovatsion mahsulot inson organizmiga begona hisoblanmaydi va deyarli barcha bemorlarga qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Gemoglobin asosida yaratilgan, viruslardan xoli
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy qon muddati o‘tgan donor qonidan ajratib olingan gemoglobin asosida tayyorlanadi. Bu gemoglobin maxsus himoya qobig‘i bilan o‘ralib, har qanday virus va infeksiyadan holi holatga keltiriladi. Engi qonda antigenlar mavjud bo‘lmagani sababli, u barcha qon guruhlari bilan mutlaqo moslashadi.
Test sinovlari muvaffaqiyatli o‘tdi
Sun’iy qon ustidagi ilmiy tadqiqotlar 2022 yilda boshlangan. Undan beri olib borilgan klinik sinovlar natijasida biror bir nojo‘ya ta’sir yoki asorat aniqlanmagan. Bu esa ushbu qonni xavfsiz va samarali deb baholash imkonini bermoqda. Olimlar qonning ommaviy ishlab chiqarilishi va shifoxonalarga yetkazilishi 2030 yilga rejalashtirilganini ma’lum qilishdi.
Yana bir afzallik — uzoq muddatli saqlanish
Yangi sun’iy qonning yana bir muhim jihati — uni xona haroratida ikki yilgacha saqlash mumkinligida. Bu esa maxsus muzlatgichlarsiz ham saqlash va tashish imkonini yaratadi, ayniqsa favqulodda vaziyatlarda va chet elga gumanitar yordam yuborishda juda foydali bo‘ladi.
Xulosa: tibbiyotda yangi davr boshlanmoqda
Yaponiya olimlari yaratgan universal sun’iy qon dunyodagi qon yetishmovchiligi muammosiga katta yechim bo‘lishi mumkin. U nafaqat turli qon guruhlariga mos, balki xavfsiz va uzoq muddatli saqlash imkoniyati bilan ham tibbiyotda inqilobiy yutuq hisoblanadi. Tibbiyot tarixida yangi sahifa ochilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar