date
views 239

Netanyaxu Aliyevga: Isroil-Turkiya yaqinlashuvidagi hissangiz uchun rahmat!

Netanyaxu Aliyevga: Isroil-Turkiya yaqinlashuvidagi hissangiz uchun rahmat!
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Bu tashakkur maktubi Ozarbayjonning Mustaqillik kuni munosabati bilan yuborilgan rasmiy tabrikka ilova sifatida yo‘llangan.

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Ilhom Aliyevning diplomatik mahorat va faollik bilan Isroil hamda Turkiya o‘rtasidagi muloqotni qayta tiklashga ko‘rsatgan yordami mintaqada tinchlik va barqarorlik yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

"Sizning sa’y-harakatlaringiz tufayli ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarda yangi sahifa ochildi. Bu nafaqat ikki davlat uchun, balki butun mintaqaviy hamkorlikning kengayishiga xizmat qilmoqda", — deyiladi Netanyaxuning maktubida.

Ozarbayjonning geosiyosiy mavqei va tinchlikparvar tashabbuslari mintaqadagi muhim o‘rinni egallashi ta’kidlangan. Shuningdek, Isroil rahbari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirgan.

Mazkur diplomatik muloqot xalqaro maydonda keng muhokama qilinmoqda. Siyosatshunoslar fikricha, Bokuning vositachilik roli nafaqat Isroil va Turkiya munosabatlarini yaqinlashtirish, balki Kavkaz va Yaqin Sharqdagi barqarorlikni ta’minlashda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu Aliyevga: Isroil-Turkiya yaqinlashuvidagi hissangiz uchun rahmat!