date
views 188

Fransiya va Belgiya Rossiya gaziga qarshi sanksiyaga shoshilmayapti

Fransiya va Belgiya Rossiya gaziga qarshi sanksiyaga shoshilmayapti
Yevropa Ittifoqining Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) importini to‘liq taqiqlash bo‘yicha rejalari Fransiya va Belgiya tomonidan ehtiyotkorlik bilan qarshi olinmoqda. Ushbu ikki davlat Bryusselda ilgari surilayotgan yangi sanksiyalar paketini qo‘llab-quvvatlashga hali tayyor emasligini bildirgan.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Komissiyasi Rossiya gaziga to‘liq embargo joriy qilish bo‘yicha yangi tashabbus ishlab chiqmoqda. Ammo bu harakat ayni paytda Yevropada Rossiya LNGsining eng yirik xaridorlari hisoblangan Fransiya va Belgiya tomonida jiddiy qarshilikka uchramoqda.

Fransiya tomoni sanksiyalar kuchga kirishidan oldin ularning iqtisodiy va huquqiy oqibatlarini chuqur o‘rganishni talab qilmoqda. Parij rasmiiylari ayni damda Rossiya gazi o‘rnini bosuvchi muqobil energiya manbalarini aniqlash va import tarmog‘ini qayta yo‘naltirish bo‘yicha strategik reja ishlab chiqmoqda.

Belgiya hukumati esa ushbu sanksiyalar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muhim iqtisodiy xavflarni chuqur tahlil qilish uchun maxsus hisobot tayyorlashni rejalashtirgan. Rasmiylar bu masalada qabul qilinadigan qaror faqat puxta asoslangan tahlillardan so‘ng ma’lum bo‘lishini bildirgan.

Mutaxassislar fikricha, Rossiyaga qarshi navbatdagi gaz embargosi Yevropa energetika xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayniqsa, qish mavsumida energiya ta’minotida uzilishlar va narxlarning oshish xavfi inobatga olinmoqda.

Shu bois, Fransiya va Belgiya sanksiyalarni birdaniga qabul qilish emas, balki uzoq muddatli va muvozanatli yechimlar asosida hal qilish tarafdori bo‘lib qolmoqda. Yevropa Ittifoqida bu borada kelgusi haftalarda muhim muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya va Belgiya Rossiya gaziga qarshi sanksiyaga shoshilmayapti