date
views 371

Braziliyalik chorvador 36 million dollar yutib, stomatolog huzurida hayotdan ko‘z yumdi!

Braziliyalik chorvador 36 million dollar yutib, stomatolog huzurida hayotdan ko‘z yumdi!
Braziliyada lotereyada ulkan boylik yutib olgan erkak stomatologik muolaja vaqtida hayotdan ko‘z yumdi. Taqdirning achchiq haziliga o‘xshagan bu voqea haqida Ultimos Segundo nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 73 yoshli chorvador Antoniu Lopes de Sikeyra bilan bog‘liq. U mamlakatdagi Mega-Sena8 lotereyasida tarixdagi eng yirik pul mukofoti — 201 million real (deyarli 36 million dollar) yutib olgan. Ammo ortidan kelgan baxt ko‘p davom etmadi. Aynan 25 kun o‘tgach, erkak Mato-Grossu shtatidagi Kuyaba shahrida stomatolog qabulxonasida vafot etdi.

Hodisa ortidan o‘tkazilgan tergov jarayonida politsiya shifokor tomonidan qo‘llangan anesteziya miqdori bemorning sog‘liq holatiga nomutanosib ravishda yuqori bo‘lganini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, Sikeyra bir necha surunkali xastaliklar — yurak xastaligi, diabet va gipertoniyadan aziyat chekkan. Lekin shifokor bu holatlarni inobatga olmagan.

Muolajadan so‘ng bemor qisqa vaqtga qabulxonasida qolgan, ammo uning holatini hech kim kuzatmagan. Oradan ko‘p o‘tmasdan, erkakning yuragi tuhtab qolgan.

Mahalliy prokuratura shifokorning ehtiyotsizligi va tibbiy muomalasidagi xato bo‘yicha rasman jinoiy ish ochgan. Tergov natijalariga ko‘ra, Sikeyraning o‘limi uning boyligi bilan bog‘liq emas, balki tibbiy bee’tiborlik va nazoratsizlik sabab ro‘y bergan.

Antoniu Lopes de Sikeyra lotereya yutug‘ini olgandan so‘ng ommaviy axborot vositalarida intervyu berishdan bosh tortgan, orom va tinchlik izlab, o‘zi yashab kelgan fermer xo‘jaligida qolgan edi. Uning qo‘shnilari va yaqinlari uni sodda va mehnatsevar inson sifatida tavsiflashgan.

Bu voqea Braziliyada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Jamoatchilik orasida «boylik baxt keltiradimi?» degan savol yana bir bor muhokama markaziga chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyalik chorvador 36 million dollar yutib, stomatolog huzurida hayotdan ko‘z yumdi!