
Texnologiya dunyosidagi eng ta’sirli shaxslardan biri Ilon Mask so‘nggi kunlarda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan ochiq tortishuv markaziga tushdi. 5 iyun kuni tadbirkor o‘zining X (sobiq Twitter) tarmog‘ida Trampning ismi jinsiy jinoyatlarda ayblangan moliyachi Jeffri Epshteyn ishi bilan bog‘liq hujjatlarda tilga olinganini ma’lum qilgan edi.
“Haqiqiy portlash vaqti keldi: Donald Tramp Epshteyn fayllarida bor. Shuning uchun ular haligacha jamoatchilikka ochiqlanmagan. Xayrli kun, Tramp!” — deb yozgandi Mask.
Biroq oradan ko‘p o‘tmay, bu post besabarlik bilan o‘chirildi. Uning o‘chirilishiga hech qanday rasmiy tushuntirish berilmadi. Maskning to‘satdan orqaga chekinishi turli taxminlar va muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mask va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar avval ham muntazam ravishda qarama-qarshiliklar bilan kechgan. Yaqinda tadbirkor respublikachilar tomonidan taklif etilgan AQSH budjetiga oid yangi soliq islohotlarini “goyo chiroyli, aslida zararli” deb tanqid qildi. Bu esa Trampning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
Tortishuv chog‘ida Mask prezidentning obro‘siga putur yetkazish maqsadida uni Epshteyn bilan bog‘liq holda muhokama qilishga kirishdi. Ma’lumki, Tramp Epshteynni oldindan tanish bo‘lgan, hatto uning ishi bo‘yicha hujjatlarda ismi ham tilga olingan. Ba’zi materiallar hozirgacha maxfiylikda saqlanmoqda.
Bu bayonotlarga javoban Tramp ham to‘xtab qolmadi. U Mask boshqaradigan kompaniyalar bilan AQSH hukumati o‘rtasidagi shartnomalarni bekor qilish bilan tahdid qildi.
Hozircha ikki tomon o‘rtasidagi munosabat qanchalik keskinlashishi noma’lum. Ammo voqealar rivoji AQSH siyosiy va biznes elitasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.
Mask va Tramp o‘rtasidagi bu tortishuv nafaqat shaxsiy munosabatlar, balki davlat siyosati va biznes munosabatlariga ham ta’sir qilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar