
Turkiyadagi huquq-tartibot organlari xorijiy sayyohlarni standart bank operatsiyalari orqali aldab, umumiy hisobda 1,1 milliard lira (29 million dollar) o‘g‘irlagan jinoiy guruhni fosh etishga muvaffaq bo‘ldi. Anadolu axborot agentligining yozishicha, firibgarlar Istanbul, Antaliya, Oydin, Izmir va Mug‘la shaharlarida olib borilgan reydlar davomida qo‘lga olingan.
Ushbu ish yuzasidan 2024 yil 31 may kuni 20 nafar shaxs hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, guruhning boshida mahalliy mehmonxona sohibi turgan bo‘lishi mumkin. U turistlarning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlariga noqonuniy tarzda ega chiqib, katta miqdorda pullarni o‘zlashtirgan.
Firibgarlik sxemasi to‘rt oy davomida olib borilgan maxsus surishtiruv natijasida ochildi. Qushodasi shahar prokuraturasi xorijlik sayyohlar hisob raqamlarida shubhali bank operatsiyalari aniqlanganidan so‘ng, ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Tergovda ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchilar mehmonxonada yashab turgan sayyohlarning bank kartasi ma’lumotlarini yashirincha o‘g‘irlab, keyin uni boshqa turistik xizmatlar — mehmonxona bron qilish yoki avtomobil ijarasi xizmatlari orqali qayta faollashtirgan. Sayyoh Turkiyani tark etganidan so‘ng, uning hisobidan katta miqdordagi mablag‘lar o‘g‘irlangan.
Bundan tashqari, guruh a’zolari chet davlatlarga chiqib, turli yo‘llar bilan bank ma’lumotlarini yig‘ib yurgan. O‘g‘irlangan pullar soxta kompaniyalar orqali naqdlashtirilgan va hatto ko‘chmas mulkka sarflangan holatlar ham qayd etilgan.
Ayni vaqtda 268 nafar jabrlanuvchi aniqlangan bo‘lib, ularning soni yana oshishi mumkin. Masala bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda, gumondorlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Zamin.uz tahririyati Turkiyadagi turistlar xavfsizligi, bank amaliyotlari va kiberfiribgarlikka oid yangiliklarni yoritishda davom etadi. Sayyohlik mavsumi qizg‘in pallaga kirib borayotgan bu vaqtda fuqarolarimiz ham xorijdagi moliyaviy himoyaga e’tiborli bo‘lishi tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar