date
views 195

“Pautina” operatsiyasi Rossiyani xavfsizlikni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi

“Pautina” operatsiyasi Rossiyani xavfsizlikni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina tomonidan amalga oshirilgan “Pautina” maxsus operatsiyasi natijasida jiddiy yo‘qotishlarga uchradi. Xususan, OSINT tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu zarbalardan so‘ng Rossiya armiyasi kamida 10 ta strategik bombardimonchi — Tu-95 va Tu-22M turdagi samolyotlardan mahrum bo‘ldi.

Bu kabi yo‘qotishlar ortidan Moskva xavfsizlik choralarini kuchaytirishga kirishdi. So‘nggi sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga asosan ma’lum bo‘lishicha, Rossiya butun mamlakat bo‘ylab 14 ta harbiy baza hududida samolyotlar uchun usti yopiq, maxsus boshpanalar qurishni boshlagan. Yeysk, Kursk, Axtubinsk, Millerovo, Primorsko-Axtarsk, Lipetsk, Borisoglebsk va Engels singari bazalarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qrimdagi Gvardeyskoye, Saki va Sevastopol kabi harbiy obyektlarda ham shoshilinch ravishda xavfsizlik infratuzilmasi yangilanmoqda. Rossiyaning bu harakatlari Ukraina tomonidan uchirilgan dronlar va raketa zarbalarining ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

Boshqa tomondan, Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu samolyotlarning yo‘qotilishi Rossiyaning umumiy yadroviy salohiyatiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki strategik yadro qurollari asosan quruqlikdagi komplekslar va suvosti kemalarda joylashtirilgan ballistik raketalardan tashkil topgan. Ammo harbiy aviatsiya salohiyatining pasayishi Ukrainaga qarshi amalga oshirilayotgan hujumlarda qanotli raketalarni faol ishlatish imkoniyatini cheklashi mumkin.

RUSI tahlilchisi Jastin Bronkning ta’kidlashicha, mazkur yo‘qotishlar Rossiyaning Aerokosmik kuchlari uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Ular armiyaning hozirgi vaqtda “o‘z chegarasida” faoliyat olib borayotganini anglatadi.

Aytish mumkinki, Ukraina tomonining “o‘ta aniq va chuqur o‘ylangan zarbalari” Rossiyani o‘z harbiy strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Boshpana qurilishlari orqali Rossiya ehtiyot choralarini ko‘rayotgan bo‘lsa-da, bu urushning yanada keskinlashishi ehtimolini to‘liq bartaraf etmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Pautina” operatsiyasi Rossiyani xavfsizlikni qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi