
10 iyunga o‘tar kechasi Ukraina hududi yana jang maydoniga aylandi. Rossiya qo‘shinlari navbatdagi xavfli hujumni amalga oshirdi — bu galgi nishon Kiyev va Odessa shaharlari bo‘ldi. CNN telekanali xabariga ko‘ra, Rossiya dronlar orqali keng ko‘lamli zarbalar bergan va bunda asosiy urilishlar turar joy hududlariga yo‘naltirilgan.
Kiyev shahar hokimi Vitaliy Klichko so‘zlariga qaraganda, poytaxtga hali ham dronlar qatnovi to‘xtamagan, havo mudofaasi tizimlari yarim tundan beri tinimsiz ishlamoqda. Aholi metro bekatlariga panoh izlab tushgani aks etgan videolar internetda tarqaldi.
Poytaxtning Desnianskiy, Obolonskiy va Shevchenkovskiy tumanlari zarbalardan jabr ko‘rgan. Hozircha ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevda kamida ikki kishi tan jarohati olgan.
Bundan tashqari, Odessa shahridagi tug‘uruqxonaga ham bomba zarbasi berilgani qayd etildi. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hujum oqibatida bitta fuqaro halok bo‘lgan.
Avvalroq 9 iyun kuni Rossiya Ukrainaga 479 ta dron orqali ommaviy hujum qilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha kungi zarbalar oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 80 nafardan ortiq fuqaro jarohatlangan edi.
Bu kabi dron hujumlari Ukraina aholisining hayotini izdan chiqarmoqda, jamoatchilik esa buni insonparvarlik tamoyillariga qarshi harakat, deb baholamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildirishi va yangi sanksiyalar yuzasidan muhokamalarni boshlashi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar