date
views 160

Rossiya va KXDR o‘rtasida uzoq to‘xtovsiz poyezd qatnovi tiklanadi

Rossiya va KXDR o‘rtasida uzoq to‘xtovsiz poyezd qatnovi tiklanadi
2025 yilning 17 iyun sanasidan boshlab, “Rossiya temiryo‘llari” (RJD) Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lovchi qatnovini qayta yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, 19 iyundan e’tiboran Pxenyan — Xabarovsk yo‘nalishi ham ishga tushiriladi. Bu haqda 9 iyun kuni RJDning rasmiy Telegram-kanali orqali xabar qilindi.

RJD ma’lumotiga ko‘ra, Pxenyan — Moskva qatnovi oyiga ikki marta, Xabarovsk bilan esa oyiga bir marta amalga oshiriladi. Bu safarlar shubhasiz, tarixiy ahamiyatga ega, chunki Pxenyan — Moskva yo‘nalishi dunyodagi eng uzoq to‘xtovsiz temiryo‘l yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Davlatlar poytaxtlari o‘rtasidagi masofa 10 ming kilometrdan ortiq bo‘lib, yo‘l vaqti qariyb 8 kunni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 2020 yil fevral oyida COVID-19 pandemiyasi sababli Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi barcha yo‘lovchi temiryo‘l qatnovlari to‘xtatilgan edi. Ordan to‘rt yil o‘tib, endi qatnovlar qayta tiklanayotgani ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanayotganidan darak beradi.

Ayni paytda, The Insider manbasiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi “Do‘stlik ko‘prigi” orqali so‘nggi vaqtlarda Rossiya armiyasi ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘ va turli tovarlar tashilishi kuzatilmoqda. Bunday faol temiryo‘l aloqasi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va KXDR o‘rtasida uzoq to‘xtovsiz poyezd qatnovi tiklanadi