
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning so‘nggi raketali hujumlari mamlakat uchun faqat harbiy emas, balki tarixiy va ma’naviy yo‘qotishlarga ham sabab bo‘layotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan zarbalar nafaqat aholi turar joylari, balki yurtning qadimiy, madaniy va diniy meros obyektlarini ham vayron qilmoqda.
Prezident ma’lum qilishicha, Odessa shahridagi tug‘uruqxonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgan. Shu bilan birga, Ukraina kinematografiyasi tarixida alohida o‘rin tutadigan Odessa kinofilmi studiyasi ham jiddiy zarar ko‘rgan. “Bu o‘nlab yillar davomida shakllangan tarix va madaniyatning yo‘qolishiga tengdir”, dedi Zelenskiy.
Kiyevdagi Sofiya sobori – mamlakatning eng muqaddas tarixiy yodgorliklaridan biri – portlash oqibatida qisman shikastlangan. Zelenskiy bunday holatni “insoniyat qadriyatlariga qarshi hujum” sifatida baholab, quyidagicha ta’kidladi:
“Sofiya soboriga yetkazilgan zarar har qanday musulmon, nasroniy yoki tarixga hurmat bilan qaraydigan inson uchun ulkan fojeadir. Ammo Rossiya uchun bu mutlaqo ahamiyatsiz. Ular faqat vayrona, halokat va hech narsa qoldirmaslikni biladi. Bu zo‘ravonlikni butun dunyo birgalikda to‘xtatishi shart.”
Prezidentning so‘zlaridan ma’lumki, Ukraina hukumati faqat o‘z xalqini emas, balki umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilmoqda. Rossiyaning bunday harakatlari nafaqat Ukrainaga, balki jahon madaniyati va sivilizatsiyasiga qarshi qilingan hujum sifatida baholanmoqda.
Hozirgi vaziyatda xalqaro hamjamiyatning qat’iy va yakdil pozitsiyasi hamda zo‘ravonlikni to‘xtatishdagi faol ishtirokini talab etadi. Zero, tinchlik va tarixiy merosni asrab qolish faqat Ukraina uchun emas — butun insoniyat uchun muhim vazifadir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar