date
views 969

Ukrain deputati Putindan Zelenskiyni terrorchi deb e’lon qilishni so‘radi

Ukrain deputati Putindan Zelenskiyni terrorchi deb e’lon qilishni so‘radi
Ukraina parlamenti — Oliy Rada vakili Artyom Dmitruk Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, mamlakat yetakchisi Vladimir Zelenskiyni terrorchi deb tan olishni talab qildi. Uning ushbu bayonoti aks etgan videorolik shaxsan deputatning YouTube kanalida joylashtirildi.

“Men Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va boshqa nufuzli davlatlar rahbarlariga murojaat qilib, Zelenskiyni shaxsiy ravishda terrorchi deb, uning atrofidagilarni esa terrorchi guruh a’zolari sifatida e’tirof etishlarini so‘rayman. Shu asosda, terrorizmga qarshi kurashning barcha imkoniyatlarini qo‘llash lozim”, — dedi Artyom Dmitruk videoda.

Unga ko‘ra, Ukraina prezidentining to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatmasi bilan nafaqat Rossiya va Ukraina, balki Yevropa mamlakatlari hududida ham diversiya va terroristik harakatlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dmitruk ilgari ham Zelenskiyni keskin tanqid qilgan. Jumladan, u Ukraina prezidentini frontda halok bo‘lgan askarlar jasadlarini qaytarib olishdan bosh tortgani uchun fuqarolarni hukumatga qarshi isyonga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror nafaqat g‘ayriinsoniy, balki millat va uning harbiylari oldidagi vijdonsizlik hamdir.

Shu bilan birga, Rossiya Davlat Dumasi deputati Mixail Sheremet ham bu masalada o‘z munosabatini bildirgan. U Zelenskiyni “suyaklar ustida raqs tushish”ni bas qilishga va halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini qaytarishga chaqirdi.

Ayni paytda, bu kabi keskin bayonotlar Ukrainadagi siyosiy vaziyat keskinlashganini va jamoatchilik orasida ikki qarama-qarshi lager o‘rtasidagi ziddiyatni yanada chuqurlashtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bu esa Ukraina-Rossiya munosabatlaridagi murosasiz ruhiyatni yanada kuchaytirishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrain deputati Putindan Zelenskiyni terrorchi deb e’lon qilishni so‘radi