
92 yoshli Li familiyali ayol Xitoyda nafaqat o‘z avlodi, balki yoshlar uchun ham salomatlik va hayotga muhabbat ramziga aylandi. Markaziy Xunan viloyatida istiqomat qiluvchi bu keksaygan ayolning kundalik hayot tarzi haqida lavha televideniyeda namoyish etilgandan so‘ng, u butun mamlakatda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Jurnalistlar uning xonadonga tashrif buyurganda, Li opa o‘zini odatiy joyi — karavoti yonida topdi va mehmonlar oldida 100 marta o‘tirib-turish, keyin esa polda 200 marta qo‘lni bukib yoyish mashqlarini osongina bajardi. Shu tariqa, u har kuni uzoq yillar davomida ana shu faol hayot tarzini to‘xtatmasdan olib kelayotganini isbotladi.
92 yoshli Lining aytishicha, doimiy sport mashg‘ulotlari uning faqat jismoniy emas, balki ruhiy holatini ham mustahkamlagan. "Ehtimol, men bajaradigan mashqlarim mukammal standartlarga to‘g‘ri kelmas, ammo asosiysi — har kuni harakatdaman va bu o‘zimni yaxshi his qilishimga yordam beradi", — deydi u. Shuningdek, buvi "chambarak aylantirishda ham mohirona harakat qila olishini" qo‘shimcha qiladi.
Xitoyda keksa avlod vakillari sportga katta ahamiyat berishadi. Kunning erta tongidan kechgacha shaharlar va qishloqlarda tayszi gimnastikasi bilan shug‘ullanayotgan, jamoat maydonchalaridagi trenajyorlarda faol harakat qilayotgan yoki katta ko‘chalarda musiqa ostida raqsa tushayotgan insonlarni ko‘rish odatiy hol. Bu esa mamlakatda yoshi kattalarning uzoq va sog‘lom hayot siri faol turmush tarzida ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Li opaning fidokorona mashg‘ulotlari va ko‘rsatayotgan namunasi butun Xitoy bo‘ylab ijobiy kayfiyat uyg‘otdi. Uning hikoyasi nafaqat salomatlik, balki shijoat va harakat hayot uchun eng muhim “vitamin” ekanini isbotlab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar