
Mashhur gollandiyalik futbolchi Kvinsi Promes yana muammolar girdobida. Dubayning "Yunayted FK" klubi sharafini himoya qilayotgan yarimhimoyachi aynan shu shaharda qo‘lga olindi. Hozirda u Dubaydagi hibsxonalardan birida saqlanayotgani haqida mahalliy manbalar xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining hibsga olinishi Niderlandiya rasmiylari tomonidan berilgan ekstraditsiya talabiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu harakat unga nisbatan yurtida olib borilayotgan jinoyat ishi bilan bevosita bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Promesning Niderlandiyada katta miqdorda qoradori savdosi bilan bog‘liq ayblovlarga duchor bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Agar unga qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlansa, futbolchi 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Kvinsi Promes bugungi kunda futboldagi faoliyati bilan bir qatorda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar e’tiborida ham bo‘lib turibdi. Uning Dubayda hibsga olinishi nafaqat sport jamoatchiligi, balki xalqaro matbuotda ham katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Futbolchiga nisbatan olib borilayotgan tergov jarayonlari, ehtimol, uning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muxlislar esa bu voqeaning qanday yakun topishini qiziqish bilan kuzatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar