
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yana jahon hamjamiyati diqqat markazida. AQSH prezidenti Donald Trampning so‘nggi bayonotiga ko‘ra, Rossiya haftasiga 5 mingga yaqin askar yo‘qotyapti, ammo bu holat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalariga hech qanday ta’sir qilmayapti. Tramp Pod Force One podkastida qilgan chiqishida, "u (Putin) juda ko‘p qo‘shinlarini yo‘qotmoqda, lekin baribir urushni davom ettirish niyatida. Ukraina ham katta yo‘qotishlarga uchrayapti. Ko‘ramiz, natijasi nima bo‘ladi", — dedi.
Trampning ta’kidlashicha, avvalroq Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borilgan, ayrim natijalarga erishilgan, ammo keyin to‘xtashi kerak bo‘lgan hujumlar amalga oshirilgan va bu diplomatik jarayonni izdan chiqargan. Shu bilan birga, Oq uy manbalari The Atlantic nashriga ma’lum qilishicha, Tramp Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) tomonidan amalga oshirilgan “O‘rgimchak to‘ri” deb nomlangan operatsiyadan ham norozi. Bu operatsiyada iyun oyi boshida ukrain dronlari kamida 12 ta Rossiyaning strategik bombardimonchi samolyotini yo‘q qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday qo‘pol harbiy harakatlar vaziyatni faqat keskinlashtirishi mumkin. Shuning uchun u Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga “namoyishkorona operatsiyalar o‘rniga, Rossiya bilan Istanbulda muzokaralarga e’tibor qaratish”ni tavsiya etgan. Shundan so‘ng, Tramp Putin va Zelenskiyni “o‘zaro nafratlanuvchi, mushtlashib turgan bolalar”ga qiyosladi va, “ikkalasiga ham yana biroz kurashishga imkon berish kerak”, degan fikrni bildirdi.
Bunga javoban Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Biz Putin bilan ko‘chadagi o‘yin maydonchasidagi bolalar emasmiz” deya javob qaytardi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi urush so‘ngigacha yechimini topmagan, har ikki tomon ham katta yo‘qotishlarga uchrayapti. Trampning bayonoti xalqaro maydonda yangi bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi va jamoatchilikda ikki yetakchi orasida diplomatik yo‘l bilan kelishuvga umid hali ham bor yoki yo‘qligi haqida savollar tug‘dirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar