
Yaqin Sharqda keskinlik yana oshmoqda. AQSh ma’muriyati Tehronning yadroviy dasturiga bosim o‘tkazish maqsadida radikal choralarni muhokama qilmoqda. Axios nashrining xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar Isroilga yuqori darajadagi zarba beruvchi bunker buster bombalarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarga ko‘ra, bu bomba turlari aynan Eronning yerosti yadroviy obyektlari — xususan, Fordo inshootini nishonga olish uchun zarur vosita sifatida baholanmoqda. Mazkur qurol turlarining Isroilda mavjud emasligi ham AQShning harbiy yordam ko‘lamini yana-da oshirishi mumkinligini anglatadi.
Eronning yadroviy faoliyati yuzasidan navbatdagi diplomatik muzokaralar aynan shu hafta bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shu bois AQShning Isroilga bunday qurolni berish ehtimoli xalqaro bosim strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda.
Geosiyosiy tahlilchilar bu harakatni nafaqat Eron, balki butun mintaqadagi kuchlar muvozanatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhim omil sifatida qayd etishmoqda.
Mutaxassislar fikricha, harbiy kuch vositalari bilan tahdid qilish o‘rniga, muzokaralar orqali yadro xavfsizligini ta’minlash ustuvor yo‘l bo‘lishi lozim. Shu bilan birga, AQShning bu harakati Eron tomonidan ham keskin javobga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Vaziyat keskin tus olayotgan bir paytda, xalqaro hamjamiyat diplomatik yechimlarga ustuvorlik berishga chaqirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar