
Dunyoda siyosiy arenada ajralib turuvchi shaxslar ko‘p, ammo Donald Tramp kabi har bir harakati muhokamalarga sabab bo‘ladigan prezident juda kam. Uning shaxsiy hayoti, odatlari, xatti-harakati va hatto ovqatlanish uslubi ham doim OAV va jamoatchilik diqqat markazida bo‘ladi.
1. Stolga narsa qo‘ymasdan o‘tirmaydi
CNN'ning kuzatuviga ko‘ra, har qanday uchrashuvda u stol o‘rtasiga diyot kola, taglik yoki boshqa biror narsani qo‘yadi. Psixologlar buni o‘ziga xos “nazorat qilish” instinkti bilan bog‘lashmoqda.
2. To‘shakda chizburger yeydi
Tramp kechqurunlar to‘shakda yotib, televizor ko‘rayotgan paytda chizburger yeydi. Uning rafiqasi bilan alohida yotoqxonalarda yotishi ham shundan bo‘lishi mumkin.
3. Fastfudni “ishonchli” deb biladi
U restoranlarga nisbatan McDonald's va KFC'ni toza va xavfsiz deb hisoblaydi. Shuning uchun fastfudga bo‘lgan muhabbatini “ozodalik” bilan oqlaydi.
4. Kuniga 12 shishagacha diyot kola ichadi
New York Times'ning ma’lumotiga ko‘ra, Tramp doimiy ravishda kuniga 12 shishagacha diyot kola iste’mol qiladi.
5. Hujjatlarni yirtib tashlashni yaxshi ko‘radi
U muhim prezidentlik hujjatlarini mayda qilib yirtib tashlaydi. Oq uy xodimlari esa ularni qayta-qayta yig‘ishga majbur bo‘ladi.
6. Stakanni ikki qo‘llab ushlash
Tramp jamoat oldida suyuqlik ichish paytida ham stakanni ikki qo‘l bilan ushlaydi. Bu internetda hazil va memlarga aylanib ketgan.
7. Germofobiyadan aziyat chekadi
U qo‘l yuvishga qattiq e’tibor beradi, mikroblardan doimiy qo‘rqadi va hatto lift tugmasini ham o‘zi bosmaydi.
8. Yotoqxonasida 3 ta televizor bor
Tramp soat 6 dan keyin yotoqxonasiga cheklanib olib, televizor ko‘radi, ovqat yeydi va qo‘ng‘iroqlar qiladi.
9. Hojatxonalar uning faxri
Prezident Oval kabinetdagi yuvinish xonasiga alohida e’tibor qaratadi. U hatto 18 karatli oltin unitaz haykaliga qiziqish bildirgan.
10. Soch turmagiga jiddiy yondashadi
Uning sarg‘ish soch turmagi memlar manbaiga aylangan. Tramp esa bu mavzuni jiddiy qabul qilib, soch laklari sifatidan shikoyat qilgan.
11. U it boqmaydi
130 yilda ilk bor Oq uyda itsiz prezident. Bu holat amerikaliklarni hayratda qoldirgan.
12. Akulalarni yomon ko‘radi
U Discovery kanalidagi “Akulalar haftaligi”ni tomosha qilgan paytda “Hamma akula o‘lib ketsa yaxshi bo‘lardi” degan fikrini bildirgan.
13. Pitssani pichoq va sanchqi bilan yeydi
Bu amerikaliklar uchun g‘alati odat hisoblanadi. U bunday uslubni ham gigiyena nuqtayi nazaridan oqlaydi.
14. Televizorga juda ko‘p vaqt ajratadi
U kuniga kamida to‘rt soat televizor ko‘radi, ayniqsa kechqurunlar — sevimli vaqtlari.
15. Psixologlarcha qarash — hukmronlikni namoyon qilish usuli
Trampning harakatlari, hatto jimlikdagi odatlari ham, ko‘pincha hukmronlikka intilish, xavotir va nazorat qilish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Donald Tramp — nafaqat siyosatda, balki shaxsiy hayotida ham standartlarga zid shaxs. Uning odatlari uni yanada mashhur, ba’zan tanqidiy va ko‘pincha bahsli shaxsga aylantiradi. Ayni shu jihatlari uni dunyo siyosiy sahnasidagi eng shov-shuvli yetakchilardan biriga aylantirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar