date

Ilon Mask AQSHdan charchadimi? Rossiyadan boshpana so‘ragani rostmi?

Ilon Mask AQSHdan charchadimi? Rossiyadan boshpana so‘ragani rostmi?
Dunyodagi eng mashhur texnologlardan biri, SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask atrofidagi voqealar yana jamoatchilik markazida turibdi. Bu safar u AQSHda emas, balki Rossiyadagi siyosiy muhitda bahs mavzusiga aylandi.

Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankovning ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Ilon Maskka siyosiy boshpana berish haqidagi rasmiy so‘rovni qabul qilgan. Unga ko‘ra, rasmiy javob bir oy ichida taqdim etilishi kutilyapti.

— Menimcha, Ilon Mask ayrim xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo bunday insonlarni kechira olishimiz kerak. Agar boshpana berilmasa ham, biz uni doimo kutamiz. Uning texnologik fikrlash qobiliyati, global muammolarga yondashuvi va kelajakni oldindan ko‘ra olishi — bu juda katta qadriyat, — dedi Davankov.

Maskning Rossiyaga boshpana so‘rashi bilan bog‘liq voqealarning ildizi AQSHdagi ichki siyosiy ziddiyatlarga borib taqaladi. Joriy yilning iyun oyida u AQSH prezidenti Donald Tramp taklif etgan yangi davlat budjeti haqida keskin tanqidiy fikr bildirgan edi. U ushbu qonun loyihasini “jirkanch” deb atagan va uning Amerika iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Tramp esa, o‘z navbatida, Maskning bu so‘zlariga keskin javob qaytargan. Prezident tadbirkorni elektromobillar uchun imtiyozlar bekor qilinayotgani sabab bunchalik tanqidchiga aylanganlikda ayblagan. Mask esa bunga javoban Trampni “yolg‘onchi” deb atagan va uning siyosiy pozitsiyasini ochiq tanqid ostiga olgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, Mask o‘z xatti-harakatlari uchun ommaviy ravishda uzr so‘radi va “haddan oshib ketganini” tan oldi. Bu qadam AQSHda turlicha baholandi. Tramp esa uning kechirim so‘rashini “samimiy va insoniy” deb baholadi.

Bu voqealar zamirida Maskning AQSHdagi siyosiy muhitdan charchagani va yangi xavfsizlik nuqtalarini qidirayotgani haqidagi farazlar paydo bo‘ldi.

Ayni paytda, Rossiya hukumati bu so‘rovga qanday munosabat bildiradi — bu barcha ommaviy axborot vositalari va xalqaro kuzatuvchilar diqqat markazida. Agar Ilon Maskga siyosiy boshpana berilsa, bu nafaqat texnologiya olamida, balki geosiyosiy maydonda ham katta shov-shuvga aylanishi shubhasiz.

Mutaxassislarning fikricha, bu voqea Mask shaxsiyatining nafaqat biznes, balki siyosiy sohada ham juda katta ta’sir kuchiga ega ekanini yana bir bor isbotlab berdi. Endilikda uning Rossiya bilan qanday munosabat qurishi, AQSHdagi nufuziga qanday ta’sir qilishi alohida diqqat bilan kuzatib boriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask AQSHdan charchadimi? Rossiyadan boshpana so‘ragani rostmi?