
Mag‘rurlik va shon-shuhrat ichida o‘sgan, millionlab dollarlik familiya egalarining farzandlari va nabiralari oddiy hayot tajribalarini boshdan o‘tkazishi ko‘p ham uchrayvermaydi. Ammo AQSH prezidenti Donald Trampning katta nabirasi – Kay Tramp bu stereotipni butunlay buzdi.
Yaqinda 17 yoshli Kay TikTok va Instagram sahifalarida Dunkin' Donuts qahvaxonasidagi “bir kunlik” ishlarini aks ettirgan video bilan chiqish qildi. Qiz videoda haydovchilarga mo‘ljallangan oyna orqali buyurtmani qabul qilib, sovuq qahva tayyorlayotgani va mijozga uzatayotgani tasvirlangan.
Internet foydalanuvchilari ushbu lavhani tezda keng muhokamaga olishdi. “Agar Kay Tramp menga qahva berganida, ehtimol, hayajondan o‘zimni yo‘qotgan bo‘lardim”, deb izoh qoldirdi tomoshabinlardan biri. Boshqalar esa mashhur oilaning vakili bo‘lgan qiz o‘zini hayotning turli sohalarida sinab ko‘rayotganidan hayratda qolishdi.

Aytish joizki, bu Kay uchun doimiy ish emas, balki blogerlik faoliyati doirasidagi tajriba bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki u hozirda golf bilan shug‘ullanmoqda, kelajakda professional sportchi bo‘lishni niyat qilgan.
Kay Tramp ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Uning Instagram sahifasida 1,7 million, TikTok'da esa 3,1 milliondan ortiq obunachisi bor. Bloger qiz o‘zining shaxsiy hayoti, mashg‘ulotlari va turli ko‘rinishlarini faol tarzda obunachilar bilan ulashib boradi. Uning postlari har doim keng muhokamalarga sabab bo‘ladi.
Ayni paytda, mashhurlarning farzandlari yoki nabiralari ishlamaydi, deb o‘ylaydiganlar uchun bu voqea javob bo‘ldi. Chunki nafaqat Kay, balki boshqa mashhurlar ham farzandlariga mehnatning qadrini o‘rgatmoqda. Masalan, Britaniya qirollik oilasiga kelin bo‘lgan Megan Markl ham yaqinda voyaga yetmagan farzandlari – Lilibet va Archini fermada ishlashga o‘rgatish niyatida ekanini aytgandi.

Ushbu voqea orqali yoshlar o‘rtasida mehnat qilish, hayotni o‘rganish, kamtarona tajribalardan o‘tishning ahamiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Kay Trampning ushbu qadami uning shaxs sifatida yetilayotganini va mashhurlikni to‘g‘ri yo‘nalishda boshqarayotganini ko‘rsatdi.
Zamin.uz sayti kelgusida ham mashhurlar hayotidagi shunday insoniy va sodda, biroq ta’sirli lahzalarni sizga yetkazishda davom etadi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar