
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda xavfsizlik choralari kuchaytirilganini va yangi cheklovlar joriy etilganini rasman ma’lum qildi. Bunga sabab sifatida Isroildagi umumiy vaziyatning yanada keskinlashgani va xavf darajasining ortishi keltirilmoqda.
Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, 22 iyun soat 03:45 dan boshlab 23 iyun 8:00 gacha mamlakat hududida yangi xavfsizlik qoidalari kuchga kirdi. Endilikda “cheklangan faoliyat” tartibi bo‘lgan hududlarda faqat “zarur hollarda faoliyat”ga ruxsat beriladi. Bu qaror aholi xavfsizligini ta’minlash va vaziyat nazoratdan chiqib ketmasligi uchun qabul qilindi.
Mahalliy rasmiylar tomonidan barcha ta’lim muassasalari o‘z ishini to‘xtatdi. Bundan tashqari, barcha ishlab chiqarish korxonalari ham faoliyatini to‘xtatadi, faqat harbiy va zarur tarmoqlar bundan mustasno bo‘ladi. Aholiga esa faqat zarur holatlardagina ish joyiga borishga ruxsat beriladi. Bu qat’iy cheklovlar mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatini yanada yaxshilashga qaratilgan.
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi fuqarolarimizga yana bir bor murojaat qilib, xavfsizlik qoidalariga so‘zsiz rioya etishga, ehtiyotkorlikni maksimal darajada oshirishga va ayniqsa, raketa otishmalari paytida maxsus boshpanalarni hech qanday holatda tark etmaslikka chaqirdi. Shuningdek, rasmiy manbalar orqali yangiliklarni doimiy kuzatib borish va zarurat tug‘ilganda elchixonaga murojaat qilish tavsiya etildi.
Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni O‘zbekiston elchixonasi mamlakatni tark etishni istagan fuqarolar uchun maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish va xavfsiz evakuatsiyani amalga oshirish bo‘yicha rasmiy ma’lumot taqdim etgan edi. Bu choralar Isroil Turizm vazirligi bilan hamkorlikda joriy etildi va vaqtincha bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga xavfsiz yo‘l bilan chiqib ketish imkoniyati yaratildi.
Hozirgi vaziyatda har bir o‘zbekistonlik o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun shaxsiy choralarni kuchaytirishi, zudlik bilan boshpanalarga yugurishi va elchixonadan berilayotgan barcha ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilishi lozim. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar