00:33 / 01.12.2016
6 915

OAV Ukrainaning sobiq bosh vaziri Mayamida 24 ta villa sotib olganini ma’lum qildi

OAV Ukrainaning sobiq bosh vaziri Mayamida 24 ta villa sotib olganini ma’lum qildi

Ukraina OAVda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Arseniy Yasenyuk tomonidan AQShning Florida shtatida bir nechta villa sotib olingani haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Bu haqda ukrainalik tadbirkor Oleg Torgaloga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri yozgan.

Torgaloning aytishicha, Yasenyuk Mayamiga uchib kelib, narxi bir million dollardan 5 million dollargacha bo‘lgan 24 ta ko‘chmas mulk ob’ekti sotib olgan. Tadbirkor bu xabarni berishda Mayamida yashovchi va o‘n yildan ko‘proq ko‘chmas mulk sotish bilan shug‘ullanuvchi do‘stiga iqtibos keltirmoqda.

"U menga o‘zini aqlbovar qilmas xavflarga qo‘ygan, Maydanimiz qahramoni Arseniy Yasenyuk haqida so‘zlab berdi. Aniqlanishicha, u yaqinda Mayamiga uchib kelgan va 24 ta ob’ekt (villa) sotib olgan. Hamma ob’ektlarni kataloglar bo‘yicha tanlagan, ba’zilarini o‘zi ko‘rgan, ba’zilariga esa yordamchilarini yuborgan", deb yozgan Torgalo feysbukda.

Torgalo ushbu axborot "aniqligini" va bu xabar uchun to‘liq javob berishini ta’kidlab o‘tgan. Bundan tashqari, Torgalo Yasenyukning AQShdagi bu faoliyati bilan bog‘liq holda jurnalistik tergov tashkillashtirishga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV Ukrainaning sobiq bosh vaziri Mayamida 24 ta villa sotib olganini ma’lum qildi