07:37 / 01.12.2016
6 586

Afg‘oniston o‘z qochqinlarini ortga qabul qilmayapti

Afg‘oniston o‘z qochqinlarini ortga qabul qilmayapti

Afg‘oniston parlamenti 30 noyabrda Shvesiyada yashash uchun ruxsat olmagan o‘z fuqarolarining Shvesiyadan deportasiya qilinishi bo‘yicha kelishuvni ko‘pchilik ovoz bilan rad etdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Avvalroq hujjat Shvesiyaning qochqinlar ishlari bo‘yicha vazirligi va Shvesiya hukumati tomonidan imzolangandi.

Afg‘onistonning xalqaro ishlari bo‘yicha parlament qo‘mitasi a’zosi Abdul Qayum Sajadiy bu kelishuv Afg‘onistonning milliy manfaatlariga zidligini aytdi, chunki qochqinlarning Shvesiyadan jo‘natib yuborilishi ularning yashash uchun ruxsat taqdim qilingan qarindoshlaridan ayiradi.

Shvesiyaning migrasiya va adliya ishlari bo‘yicha vaziri Morgan Yuxansson Afg‘onistonning bu harakatlari oqibatlari haqida xulosa chiqarishga ertaligini, Stokgolm bu masalani Afg‘oniston hukumati bilan muhokama qilish imkoniyatini izlayotganini aytdi.

Avvalroq tilshunos olim Mikael Parkvall Shvesiyada arab tili tarqalganlik bo‘yicha ikkinchi tilga aylanayotganini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston o‘z qochqinlarini ortga qabul qilmayapti