date

Arktika qayta muzlashi mumkinmi? Buyuk Britaniyada ilmiy sinov boshlandi

Arktika qayta muzlashi mumkinmi? Buyuk Britaniyada ilmiy sinov boshlandi
Arktikada global isish oqibatlarini yumshatish bo‘yicha navbatdagi ilmiy sinov boshlandi. Buyuk Britaniyada hukumat ko‘magidagi olimlar jamoasi Arktika dengiz muzlarini sun’iy yo‘l bilan ko‘paytirish va saqlash bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. The Times nashrining yozishicha, bu loyiha tarixda birinchi marta “Arktikani qayta muzlatish” g‘oyasiga amaliy baho berishga urinish hisoblanadi.

Ilg‘or tadqiqotlar va ixtirolar agentligi (ARIA) tomonidan moliyalashtirilayotgan mazkur tashabbus «ehtimoliy narsaning chekkasidagi g‘oyalar»ni hayotga tatbiq etish maqsadida amalga oshirilmoqda. Jamoa 10 million funt sterling grant asosida olib borilayotgan tadqiqot doirasida har yili muz hosil bo‘ladigan hududlarni yaxshiroq saqlab qolish uchun yuz minglab robotlardan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Kembrij universiteti olimlaridan biri, doktor Shon Fitsdjerald, loyiha jarayoni haqida shunday deydi:

“Arktikada ayrim olimlar allaqachon muz yo‘llari barpo etmoqda. Ularning uslubi shunday: dengiz suvi yer tagidan yuqoriga siqib chiqariladi va keyin muz kabi sovitiladi. Bu usul yordamida muz tagidagi qatlam qalinroq bo‘ladi.”

Agar sinov muvaffaqiyatli bo‘lsa, keyinchalik ishlov beriladigan muz maydonlari 140 ta futbol maydoniga teng hududni qamrab olishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, bu kabi texnologik yondashuvlar global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim qadam bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, Arktika kabi ekologik sezgir hududlarda bu tajribalar kelajakda butun Yer shari iqlim muvozanatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arktika qayta muzlashi mumkinmi? Buyuk Britaniyada ilmiy sinov boshlandi