date

Temza portidagi kema bortidan 100 millionlik kokain topildi

Temza portidagi kema bortidan 100 millionlik kokain topildi
Buyuk Britaniya huquq-tartibot organlari tarixdagi eng yirik giyohvand moddalar operatsiyalaridan birini amalga oshirishdi. SkyNews xabariga ko‘ra, mamlakat hududida aniqlangan kokain partiyalaridan biri Temza daryosining portlaridan birida qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Panamadan yuborilgan va Temzada joylashgan portga yetib kelgan katta yuk kemasi tekshiruvdan o‘tkazilganda, huquq-tartibotchilar konteynerlar ostiga mahkam yashirilgan holda 2,4 tonna og‘irlikdagi kokainni aniqlashdi.

Mutaxassislar ushbu giyohvand moddalarning bozordagi umumiy qiymatini taxminan 96–100 million funt sterlingga baholamoqda. Rasmiylar bildirishicha, operatsiya reja asosida amalga oshirilgan va yuk hali mamlakat hududiga kirmagan paytdayoq kuzatuvga olingan.

Bu bilan cheklanib qolinmadi. Britaniyaning boshqa bir nuqtasi — Duvr portda o‘tkazilgan tekshiruvda esa 170 kilogramm ketamin, to‘rt mingta ekstazi tabletkalari va o‘nlab o‘qotar qurollar ham aniqlandi.

Bu kabi operatsiyalar Britaniya rasmiylarining xalqaro giyohvand moddalar savdosiga qarshi olib borayotgan kurashining samarali natijalaridan biri hisoblanadi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi va bojxona xizmati bu kabi yuklarning faqatgina jinoyatchilar emas, balki butun jamiyat uchun jiddiy xavf ekanini ta’kidlamoqda.

Endilikda tergovchilar qo‘lga olingan yukning manbasini, tashuvchilar tarmog‘ini va buyurtmachi tomonlarni aniqlash ustida ish olib bormoqda. Ayni paytda bu kabi noqonuniy faoliyatning ortida kim turganini aniqlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik ham kuchaytirilgan.

Mazkur operatsiya nafaqat Britaniya, balki Yevropa miqyosida ham yilning eng yirik musodara qilingan kokain partiyalaridan biri sifatida qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Temza portidagi kema bortidan 100 millionlik kokain topildi