Suriya mojarosini hal etish ushbu arab davlati prezidenti Bashar Asadning siyosat sahnasidan ketishini talab qiladi. Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman Vashingtonning Brukings institutida qilgan chiqishida shunday bayonot bergan.
"Suriyada qanday bo‘lmasin biron kelishuvga erishish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsa nima? Men bunday kelishuv bo‘lishiga unchalik ham ishonmayman. Ammo, buning ikkita sharti bor: Asad va eronliklarni Suriyadan chiqarish", - degan Isroil TIV rahbari. Uning fikricha, Asad endilikda "jahon sahnasida qanoatlantiruvchi arbob" bo‘la olmaydi.
"Asadni joyiga qo‘yish kerak, eronliklarni ham joyiga qo‘yish kerak", - deb hisoblamoqda Liberman.
Shu bilan birga, Isroil tashqi ishlar vaziri AQShning Donald Tramp rahbarligidagi yangi ma’muriyatini Yaqin sharqdagi muammolarni hal etishdan bosh tortmaslikka chaqirdi. Uning ishonch bildirishicha, AQShning faol ishtirokisiz Yaqin sharq muammosini hal etib bo‘lmaydi.
Isroil tashqi siyosat mahkamasi rahbari, shuningdek, Eronni BMT XKning besh doimiy a’zosi va Germaniya bilan erishilgan yadro muammosini hal etish kelishuvi bandlarini buzganlikda aybladi. Liberman Eronning ballistik raketalari sinovini o‘tkazganini o‘z fikriga isboti deb baholagan. Shu munosabat bilan, Liberman Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish fikrini ilgari surgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar