
Reutersning xabar berishi ko‘ra, Rossiya Sibirning chekka hududida joylashgan harbiy-sanoat zavodida yuqori quvvatli portlovchi modda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi ishlab chiqarish liniyasini barpo etmoqda. Bu inshoot Rossiyaning Ukrainadagi harbiy salohiyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
Zavod Rossiyaning davlat mudofaa kompaniyasi — Sverdlov zavodiga qarashli Biysk Oleum zavodida (BOZ) joylashgan bo‘lib, yangi liniyada har yili 6,000 tonnagacha RDX yoki ehtimol HMX portlovchi moddalari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu miqdor 1,28 million dona OF-29 tipidagi 152 mm kalibrli artilleriya snaryadlariga ekvivalent bo‘lishi mumkin.
RDX, bu yerda ishlab chiqarilishi kutilayotgan asosiy portlovchi modda, artilleriya snaryadlari, raketalar, minomyot minalari va aviabombalarda keng qo‘llaniladi.
Yuqori kuchga ega bo‘lgan RDX, TNT’dan kuchliroq va HMX’dan barqarorroq hisoblanadi, bu esa uni harbiy qo‘llanma uchun ideal qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, ayni vaqtda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan snaryadlar hajmini inobatga olsak, yangi zavod Rossiya armiyasining sur’atini ushlab qolishda muhim rol o‘ynashi mumkin.
Zavod joylashgan hudud Ukraina dronlarining amaldagi uchish doirasidan tashqarida joylashgan. Bu uni Dzerjinskdagi eski ishlab chiqarish ob’ekti kabi hujum xavfidan nisbatan himoyalangan qiladi. Dzerjinskdagi zavod allaqachon Ukraina dron hujumlariga uchragan edi.
Davlat xarid tizimida paydo bo‘lgan, so‘ngra olib tashlangan hujjatlarga ko‘ra, loyiha uchun 15,5 milliard rubl (taxminan 189 million AQSh dollari) ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari 2023-yilda boshlangan va 2025-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. Qurilish ishlarining ayrim bosqichlari 2024-yil yozida yakunlangan, bu esa zavodning ishga tushirilishi 6–10 hafta ichida amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Rossiya Ukrainadagi urushda artilleriyaga tayangan holda jangovar ustunlikka erishmoqda. Mahalliy ishlab chiqarish hajmining oshirilishi, ayniqsa yuqori sifatli portlovchi moddalarning yetkazib berilishi, Rossiyaning uzoq muddatli urush olib borish imkoniyatlarini mustahkamlamoqda. Bu orada G‘arb davlatlari, xususan AQSh va Yevropa, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy ishlab chiqarishni oshirishga harakat qilmoqda, biroq global portlovchi modda tanqisligi bu jarayonni sekinlashtirmoqda.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, BOZ zavodining kengaytirilishi — Rossiyaning urushga uzoq muddatli strategik tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak beradi. Bu esa Ukraina va uning ittifoqchilari uchun ogohlik va davomli harbiy va sanoat salohiyatini mustahkamlash zarurligini ta’kidlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar