date

Ayollar uchun xavfli bo‘lgan turistik yo‘nalishlar ro‘yxati

Ayollar uchun xavfli bo‘lgan turistik yo‘nalishlar ro‘yxati
Taniqli sayohatchi va TikTok blogeri Savanna Kruell ayollar uchun xavfli deb hisoblagan mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi. U shaxsiy tajribasiga tayanib, ba’zi davlatlarda yolg‘iz sayohat qilish qiyin va xatari yuqori ekanini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinda Fransiya turibdi. Turistlar orasida mashhur bo‘lgan bu mamlakatda u bir nechta noxush holatlarga duch kelgan.

Ikkinchi o‘rindagi Meksika tabiati va madaniyati bilan tan olinsa-da, xavfsizlik nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlik talab etiladi.

Kruellning ro‘yxatida uchinchi mamlakat — Nikaragua. U bu yerda yolg‘iz yurmaslik, faqat odam gavjum joylarda harakatlanishni maslahat beradi.

Sayohatchi shuningdek, Malayziya, Barselona va hatto o‘z vatani — AQSHda ham o‘zini doim xavfsiz his qilmaganini aytadi.

Shunga qaramay, u bu mamlakatlarga yana borishga tayyor, faqat ehtiyotkorlik bilan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayollar uchun xavfli bo‘lgan turistik yo‘nalishlar ro‘yxati