19:43 / 04.12.2016
7 902

100 minglab amerikaliklar Tramning rafiqasi Nyu-Yorkdan chiqarib yuborilishini talab qilmoqda

100 minglab amerikaliklar Tramning rafiqasi Nyu-Yorkdan chiqarib yuborilishini talab qilmoqda

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi mingga yaqin kishi Donald Trampning rafiqasi Melaniya Trampning shahardan chiqarib yuborilishini talab qilmoqda. Ular hatto internet orqali bu haqdagi petisiyaga ham ovoz bergan, deb yozadi “Darakchi” nashri.

Avvalroq, Tramp va uning oilasining bir kunlik xarajatlari Nyu-York hukumatiga million dollardan ko‘proqqa tushishi ma’lum qilingan edi.

Va yaqin orada bu xarajatlarning miqdori kamayishidan umid yo‘q, sababi Trampning rafiqasi va o‘g‘li o‘quv yili oxiriga qadar shahardagi Trump Tower pentxausida qolishni rejalashtirmoqda. Siyosatchining o‘zi esa ularni muntazam ravishda ko‘rishga borib turadi.

Melaniyaning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi va shahar aholisi shtat gubernatori Endryu Kuomo va Nyu-York meri Bill De Blazioga petisiya bilan murojaat qildi hamda ulardan Trampning oilaviy xarajatlarini to‘lamaslikni so‘radi.

Petisiyada aytilishicha, Tramp oilaviy xarajatlarini soliq to‘lovchilar hisobidan emas, o‘zi to‘lashi kerak. Soliq to‘lovchilarning pullari esa yo‘llar, maktablar, transport va shaharning boshqa xarajatlariga sarflanishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 100 minglab amerikaliklar Tramning rafiqasi Nyu-Yorkdan chiqarib yuborilishini talab qilmoqda