
Hindistonda sodir bo‘lgan voqea nafaqat oila, balki butun jamiyat e’tiqodini ham sinovga qo‘ydi. 55 yoshli Shakil ismli erkak o‘g‘lining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — 22 yoshli Aysha bilan qochib ketdi va tillalarni o‘zi bilan olib ketdi. Bu haqda Pravilamag.ru xabar berdi.
Shakil olti nafar farzandning otasi va uch nafar nabiraning bobosi bo‘lib, o‘g‘li Amanning uylanishi uchun uni Aysha ismli qiz bilan tanishtirgan.
Oila a’zolari ushbu nikohga qarshi bo‘lgan, chunki qizning ijtimoiy va moliyaviy holati ularnikidan ancha farq qilardi.
To‘yga tayyorgarlik jarayonida Shakil bo‘lajak kelinning uyiga tez-tez borib turardi va bu xotinida shubha uyg‘otdi.
Ayol bu haqda o‘g‘liga aytgan. Aman esa otasining telefonidan Ayshaning yalang‘och suratlari va qo‘ng‘iroqlar tarixi orqali ular orasida munosabat borligini aniqladi.
Iyun oyida Shakil “ishga ketyapman” deb uydan chiqqan va Aysha bilan birga Dehli shahriga qochgan.
U o‘z oilasining 200 ming rupiy (taxminan $2 400) puli va tilla jamg‘armalarini ham olib ketgan.
Bir necha kun o‘tib, u xotiniga qo‘ng‘iroq qilib Ayshaga uylanganini ma’lum qilgan.
Ayolining javobi: “Aysha o‘g‘limning kelini bo‘lishi kerak edi, endi esa erimning xotini bo‘ldi”, — deya e’tiroz bildirdi.
Hindistonda musulmon erkaklarga to‘rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan.
Ammo boshqa konfessiyalar uchun ko‘p xotinlilik jinoyat hisoblanadi va 7 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
Bundan tashqari, Shakil oilaviy boyliklarni o‘g‘irlagani uchun alohida 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Mahalliy politsiya ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilar hozircha rasmiy shikoyat arizasi bilan murojaat qilmagan.
Ammo agar ariza berilsa, huquqiy choralar ko‘rilishi tayinligi ta’kidlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar