
Shimoliy Koreyada sun’iy intellektga qiziqish yanada kuchaymoqda. Mamlakat yetakchi oliygohlari – xususan, Kim Ir Sen universiteti – yangi mutaxassislik sifatida generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rgatishga kirishdi. Bu orqali ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy yo‘nalishlarga moslashish ko‘zlanmoqda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, Pxenyanning bu qarori ortida ikki asosiy sabab bor: birinchisi – dunyodagi raqamli inqilobdan orqada qolmaslik; ikkinchisi – sun’iy intellekt orqali davlat nazoratini yanada kuchaytirish.
Ma’lumki, Shimoliy Koreya tarixan xakerlik sohasida ancha tajriba to‘plagan. Endi esa bu bilimlarni sun’iy intellekt orqali yangi bosqichga olib chiqish niyatida. Yangi texnologiyalar nafaqat ta’lim sohasi, balki razvedka va axborot nazorati tizimlariga ham joriy etilmoqda.
Kuzatuvchilar fikricha, bu o‘zgarishlar kelajakda mamlakatning raqamli imkoniyatlarini ancha kengaytirishi mumkin. Sun’iy intellektga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari yosh avlodning ilmiy salohiyatini oshirish bilan birga, siyosiy tizimning barqarorligi uchun ham xizmat qilishi mumkin.
Shimoliy Koreyaning bu qadami butun dunyoda kuzatilayotgan sun’iy intellekt bo‘yicha raqobatli muhitda o‘z o‘rnini mustahkamlashga uringani sifatida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar