
Fransiyaning janubi-sharqida joylashgan qamoqxonada kinofilmlarga xos voqea yuz berdi — 20 yoshli mahbus kameradoshining sumkasida yashiringan holda qamoqdan qochib ketdi. Bu haqda BFMTV telekanali ma’lum qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yigit 11 iyul kuni jazo muddati tugagan mahkumlardan biri orqali ozodlikka chiqqan. Qamoqxona ma’muriyati uning yo‘qolganini faqat bir kundan so‘ng — 12 iyul kunigina payqagan. Hozirda qochoqni qidirish ishlari boshlab yuborilgan.
Qochoq odam savdosi, o‘g‘irlik va uyushgan jinoiy guruhlar bilan bog‘liqlik kabi jinoyatlar uchun qamalgan. Uning harakati nafaqat murakkab jinoiy hujjatlar, balki Fransiya qamoqxonalari tizimidagi jiddiy kamchiliklarni ham fosh etdi.
Qamoqxona boshlig‘i Sebasten Kovel bu holatni “kamdan-kam uchraydigan, lekin juda jiddiy qonunbuzarliklar yig‘indisi” deb baholadi. Uning aytishicha, bunday holat qamoqxonadagi uzoq yillar davomida to‘plangan tizimli xatolar natijasi bo‘lgan.
Qizig‘i shundaki, Korba shahridagi ushbu muassasa normadan 170 foizga ko‘proq mahkumni qabul qilgan — bu esa xodimlar faoliyatini yanada murakkablashtirgan. Mahbusni payqamay qolish ehtimoli aynan shu sababli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, shuningdek, Rona departamenti politsiyasi maxsus tergov boshlagan.
Siz nima deb o‘ylaysiz — bu shunchaki soqchi xatosimi yoki to‘liq tizim muammosimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar