
Buyuk Britaniyaning janubi-sharqida joylashgan Sautend aeroportida halokatli holat qayd etildi — Beechcraft King Air B200 samolyoti havoga ko‘tarilish jarayonida halokatga uchradi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, kichik o‘lchamli ushbu samolyot Niderlandiyaning Lelistad shahriga yo‘l olishi kerak bo‘lgan. Ammo mahalliy vaqt bilan soat 15:45 da rejalashtirilgan parvoz 10 daqiqa kechikish bilan amalga oshgan va shundan so‘ng fojia yuz bergan.
Esseks politsiyasi voqeadan xabardor ekanini tasdiqladi va barcha favqulodda xizmatlar — tez yordam, o‘t o‘chiruvchilar va xavfsizlik organlari hozirda voqea joyida ish olib borayotganini ma’lum qildi. Voqea joyi yaqinida joylashgan Rochford Hundred golf-klubi va Westcliff regbi klubi evakuatsiya qilingan.
Beechcraft King Air B200 — 7-9 nafar yo‘lovchi sig‘adigan, ko‘p maqsadli yengil samolyot bo‘lib, odatda biznes va shoshilinch tibbiy parvozlarda foydalaniladi. Uning ishonchliligi va samaradorligi bilan tanilganiga qaramay, bu fojia uning xavfsizligi bo‘yicha savollar uyg‘otmoqda.
Daily Mail manbasi yozishicha, bortida nechta kishi bo‘lgani hozircha aniq emas. Tergov va rasmiy ma’lumotlar kutilayotgan bir paytda, butun Britaniya jamoatchiligi bu voqeani tashvish bilan kuzatmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz: bu kabi xususiy parvozlar xavfsizligi yetarlicha nazorat qilinayaptimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar